Имя автора: Munisbek Rajobov

Suv tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Respublika agroxizmatlar markazi hamda “Matrix” kompaniyasi o‘rtasida suv tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ularni respublika miqyosida keng tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnoma doirasida “Matrix” kompaniyasining ilg‘or, zamonaviy va samaradorligi yuqori bo‘lgan suv tejovchi texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi sohasiga keng joriy etish, ularning afzalliklarini fermer xo‘jaliklari va sohaga oid boshqa subyektlar o‘rtasida targ‘ib […]

Giyohvandlikka qarshi kurash — kelajak uchun mas’uliyatli qadam!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida aholining keng qatlamlari, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, narkojinoyatlarning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda Respublika agroxizmatlar markazi xodimlari uchun tashkil etilgan ma’rifat soatida mazkur yo‘nalishda tayyorlangan targ‘ibot materiallaridan samarali foydalanildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga

Navoiyda mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyat boshladi

Navoiy viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida zamonaviy mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bu esa markaz faoliyati xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlarga asoslanganini ko‘rsatadi. Mazkur mobil agroxizmat markazi orqali joylarda agronomik maslahatlar berish, tegishli ilmiy muassasalar

Kartoshkachilikda innovatsion yondashuv: qizil nur texnologiyasi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Bekobod MFYda urug‘lik kartoshka tuganaklarini ekishga tayyorlashning samarali usullaridan biri – qizil nur yordamida nishlatish texnologiyasi amaliyotda qo‘llanildi. Mazkur usulda urug‘lik kartoshka tuganaklari xona sharoitida, 20–25°C haroratda 15–30 kun davomida qizil nur ta’sirida nishlatiladi. Natijada tuganaklarda sog‘lom va kuchli nihollar shakllanadi, bu esa ekinlarning tez unib chiqishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir

Bogʻ va tokzorlarni sovuqdan asrash bo‘yicha joylarda tushuntirish va amaliy ko‘rsatmalar berilmoqda

Respublikamiz hududiga sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirining tegishli topshirig‘iga muvofiq Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislari ob-havoning qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’sirini oldini olish bo‘yicha soha olimlari va mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida joylarda fermerlar hamda aholi vakillari uchun tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, bog‘larda chirigan mahalliy o‘g‘it hamda

Ko‘mir qoldiqlaridan o‘git sifatida foydalanish mumkinmi?

Ko‘mir qattiq uglerodli qoldiq bo‘lib, kislorod tanqisligi sharoitida sekin va tez piroliz, gazlashtirish va gidrotermik karbonizatsiya orqali hosil bo‘ladi. Tuproqdagi ko‘mir sorbsiya mexanizmining tabiatiga ta’sir qiladi va organik ifloslantiruvchi moddalarning sorbsiyasini ham yaxshilaydi. Oddiy ko‘mir C, H, N, S, kul va kisloroddan iborat. Bundan tashqari, ko‘mir N va P ning bir nechta noorganik va organik

Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida chorvachilikga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi binosida Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida chorvachilik sohasiga bag‘ishlangan o‘quv-ko‘rgazmali seminar-trening (ToT) tashkil etildi. Unda Germaniyaning iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ekspertlar muloqoti dasturi mutaxassislari, Namangan viloyati Agroxizmatlar markazi tumanlarga biriktirilgan mutaxassislari hamda tumanlardan sohaning mas’ul mutasaddilari va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Seminar davomida chorva hayvonlarini to‘g‘ri oziqlantirish, ozuqa

Sifatli ozuqa — sifatli chorva demakdir

Bugun Andijon viloyatida O’zbekiston-Germaniya ekspertlar muloqot dasturi doirasida viloyat agroxizmatlari markazi bilan hamkorlikda «Chorvachilikda yem-xashak va ozuqa sifatini tahlil qilish va ratsionni shakllantirish» mavzusida o’quv seminari tashkil etildi. Seminarda viloyat agroxizmatlar markazining mutaxassislari, viloyat veterinarya boshqarmasi mutahasislari, hamda chorvachilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari va axoli vakillar ishtirok etdi. Germaniyalik olimlar tomonidan chorva mollari uchun ozuqa mahsulotlarini

Kasbiy salohiyatni oshirish – samarali ish tashkilining asosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-420-son qarori bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2-mart sanasidan boshlab Respublika agroxizmatlar markazining tuman mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida tashkil etilib, 72 akademik soatga mo‘ljallangan. Kurslar davomida tinglovchilar zamonaviy agroxizmat ko‘rsatish mexanizmlari,qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar,sohada samaradorlikni oshirish

Mart oyida ekish mumkin bo‘lgan ekinlar

Pomidor – erta pishar navlarini ekish tavsiya etiladi. Ekish jarayonida hududning iqlim sharoiti va navning pishish muddati inobatga olinishi kerak. Baqlajon – yorug‘likni juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun oyning ikkinchi yarmida ekish maqsadga muvofiq. Karam – mart oyining o‘rtalaridan ekish tavsiya etiladi. Taxminan 2 oy ichida ko‘chatlarni ochiq maydonga ko‘chirib o‘tqazish mumkin bo‘ladi. Ko‘k piyoz

Прокрутить вверх