Имя автора: Munisbek Rajobov

Tovuq boqish foydalimi? 100 bosh tovuqdan yillik 23 million so‘mdan ortiq daromad olish mumkin. Ozuqani o‘zingiz yetishtirsangiz, sof foyda ikki barobar oshadi. To‘g‘ri zotni tanlang, ozuqani tejang, daromadni ko‘paytiring!

Ozarbayjon tajribasi: eksportga yo‘naltirilgan agrotexnologiyalar Samarqand viloyati Urgut tumani Agroхizmatlar markazi bosh mutaxassisi J.Eshonqulov joriy yilning iyul oyida 4 kun davomida Ozarbayjonda malaka oshirdi. U Xachmaz tumanida joylashgan zamonaviy Food City agrokompleksi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur agrokompleks Ozarbayjon Respublikasida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 85 foizini eksportga tayyorlovchi yirik markazlardan biri hisoblanadi. Bu yerda:🟡 laboratoriya,🟡

Rediskani yil davomida yetishtirish mumkin!

Rediska — tezpishar, vitaminlarga boy va bozorbop sabzavot bo‘lib, uni yilning deyarli barcha fasllarida ekish mumkin. Issiqxonada, ochiq maydonda yoki oraliq ekin sifatida parvarishlab, qisqa muddatda mo‘l hosil olish mumkin. Ekish muddati, nav tanlovi va hosildorlik sirlarini biz bilan oching. Serhosil dehqonchilik uchun postni saqlab qo‘ying!

Dyson qulupnay yetishtirishga mo‘ljallangan ulkan mashinani taqdim etadi

Uy texnikasi ayniqsa soch qurituvchi fen bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan Dyson kompaniyasi kelajak fermasini, ya’ni yil davomida qulupnay yetishtirish uchun ulkan qurilmani taqdim etadi. Yangi qurilma Angliyadagi, oynavand issiqxonada joylashgan bo‘lib, rezavor mevalar o‘sadigan idishlarga ega aylanuvchi g‘ildirakka o‘xshaydi. Konstruksiya o‘simliklarni bir tekis yorug‘lik va toza havo bilan ta’minlash imkonini beradi. Har bir buta asta-sekin aylana

Baxmalda zamonaviy bog‘dorchilikka bag‘ishlangan oʻquv-amaliy seminar bo’lib o’tdi

Joriy yilning 9-iyul kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani, Mo‘g‘ol mahalla fuqarolar yig‘inida “Intensiv olma va nok bog‘dorchiligi” mavzusida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir Agroxizmatlar markazi, “Agrobank” ATB huzuridagi Fermerlar maktabi hamda “Baxmal AgroStar” MChJ hamkorligida tashkil etildi. Seminar davomida Fermerlar maktabi agronom-mutaxassisi Mansur Yo‘ldoshev tomonidan ma’ruza qilindi. Seminarda Agroxizmatlar markazi bosh mutaxassisi I. Xamroyev, nihol

Islohotlar tayanch nuqtasi – tajriba maydonlari va ilmiy yondashuv

Farg‘ona viloyatiga bo‘lgan tashrifim davomida Rishton tumanidagi “Paxtakor iqror” fermer xo‘jaligiga qarashli 10 gektarli dala maydonini ko‘zdan kechirdim. Bu yerda paxtaning xorijiy va mahalliy navlari tajriba tariqasida 76×10 sxemada, qo‘shqator qilib, plyonka ostiga ekilgan. Mazkur dala maydonida tatbiq etilayotgan agrotexnik amaliyotlar bilan yaqindan tanishdim. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, xorijiy navlar iqlim sharoitimizga moslashtirilgan bo‘lib, yuqori hosil

Jizzaxda g‘o‘za agrotexnikasiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi

Seminarda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Z.Ro‘ziyev, tuman hokimi Sh.Darvishev, Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Z.Amanov hamda Xitoydan taklif etilgan yetakchi agronom-mutasaddilar ishtirok etdilar. Shuningdek, viloyatdagi paxta yetishtiruvchi tumanlardagi fermer xo’jaliklari vakillari ishtirok etdi. Seminarda Xorijiy tajriba asosida amalga oshirilayotgan g‘o‘za parvarishining intensiv texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mineral oziqlantirish, suv bilan ta’minlash va boshqa

Qashqadaryoda Respublika ko‘rgazmali seminari boshlandi!

Qarshi tumanida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti dala maydonida o‘tayotgan ushbu seminarda ilm va amaliyot birlashmoqda. Institut olimlari ishtirokchilarga yangi navlar, urug‘lik g‘alla maydonlaridagi aprobatsiya jarayonlari va g‘o‘za maydonlaridagi ilg‘or agrotexnik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berishmoqda. Amaliy ko‘rgazmalar orqali yer unumdorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni ko‘paytirishning zamonaviy usullari namoyish etilmoqda. Bu seminar qishloq xo‘jaligi

Прокрутить вверх