Jizzaxda g‘o‘za agrotexnikasiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi

Seminarda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Z.Ro‘ziyev, tuman hokimi Sh.Darvishev, Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Z.Amanov hamda Xitoydan taklif etilgan yetakchi agronom-mutasaddilar ishtirok etdilar. Shuningdek, viloyatdagi paxta yetishtiruvchi tumanlardagi fermer xo’jaliklari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Xorijiy tajriba asosida amalga oshirilayotgan g‘o‘za parvarishining intensiv texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mineral oziqlantirish, suv bilan ta’minlash va boshqa agrotexnik choralarga e’tibor qaratildi.

Xitoylik mutaxassislar samarali texnologiyalar haqida ma’lumot berib, fermerlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdilar.

Прокрутить вверх