Paxtachilikda “yashil iqtisodiyot” sari muhim qadam tashlanmoqda
Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Bizpando” kompaniyasi vakili Jasper Bhaumik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda qishloq xo‘jaligida zamonaviy ekologik yondashuvlarni keng joriy etish, karbon kreditlari bozorida hamkorlikni rivojlantirish hamda fermer xo‘jaliklarini “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga moslashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, 2026-yildan boshlab paxta g‘o‘za poyalarini qayta ishlash orqali biochar mahsuloti ishlab chiqarish, shu asosda karbon kreditlari […]









