Xabaringiz bor O‘zbekiston (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/11171) Respublikasi Prezidentining 2022-yil iyuldagi PQ-321-son “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi hamda Koreya Oziq-ovqat, qishloq xojaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS)bilan hamkorlikda “Qishloq xojaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish borasida bir qator o‘quv dasturlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugun Respublika agroxizmatlar markazi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida yuqoridagi o’quv dasturining navbatdagi jarayonlari start oldi.
Mazkur o‘quv dasturi asosida Koreyaning ko‘chatchilik tajribasini o‘rganish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining amaliy bilim ko‘nikmalarini oshirish ko‘zda tutilgan.





