Xabaringiz bor ayni kunlarda respublikamiz hududlari bo‘ylab 2025-yil mobaynida dalalarda hosildan so‘ng qoladigan g‘o‘zapoyalardan, yer uchun foydali bo‘lgan ekologik toza biochar (bioko‘mir) tayyorlash va uni Global carbon trading tizimiga ulash orqali fermerlar uchun qo‘shimcha daromad topish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.
Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida joylashgan «Umid» fermer xo‘jaligida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan Global carbon trading tizimi talablariga muvofiq, xalqaro tan olinadigan laboratoriya xodimi bilan hamkorlikda laboratoriya tahlillari uchun tayyorlangan biochardan namuna olish ishlari boshlandi
“Bizpando” platformasidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, ro‘yxatdan o‘tish tartibi va mahsulotga oid ma’lumotlarni elektron tizimga kiritish ishlarini jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.






