Videoroliklar

Etefon va Avguron preparatlarining samaradorligi o‘rganild

Namangan viloyati, Mingbuloq tumanidagi “Porloq Oltin Chashmasi” fermer xo‘jaligida g‘o‘za maydonlarida Etefon hamda Avguron preparatlari qo‘llanilgandan keyingi holat o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, defoliatsiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish hamda hosilni sifatli yig‘ib olish bo‘yicha amaliy xulosalar shakllantirildi.

Zamonaviy agrotexnologiyalar — yuqori samaradorlik garovi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Andgold paxta to‘qimachilik klasteri”ning 20 gektar paxta maydonida etefon preparatining samaradorligi amaliy kuzatuvlar asosida baholandi. Defoliatsiya ishlari 1-avgust kuni 1,5 litr etefon, 13-avgust kuni esa 1 litr etefon va 100 gramm “Avguron Ekstra” preparati yordamida amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha berilayotgan tavsiya hamda ko‘rsatmalar

Yozyovonda mosh yetishtirish bo‘yicha ilg‘or tajriba

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Ziynat bonu” fermer xo‘jaligining 8 gektarlik maydonida moshning 5 xil navi tajriba-sinov tariqasida yetishtirilmoqda. Tajribada ishtirok etayotgan Istiqlol navi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida, Barqaror va Durdona navlari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida, Navro‘z hamda Qahrabo navlari esa Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Ushbu tajribadan maqsad — kombaynda yig‘ib olishga mos,

Paxtakor tumanida paxtani defoliatsiya qilish ishlari boshlandi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Oqbuloq” xo‘jaligiga qarashli Jizzax ilmiy-tajriba stansiyasining 5 gektar maydonida paxtachilik yo‘nalishida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Tajriba maydonida 5–6 avgust kunlari Etefon preparati bilan ishlov berish tadbirlari amalga oshirildi. Shuningdek, paxta 5 xil rangli plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida parvarish qilinmoqda. 15-aprel kuni ekilgan paxtaning 75–80 foizi ochilgan bo‘lib, 22-avgust kuni

Mavsum ekini: piyoz yetishtirishtirish sirlari

Mavsumiy piyoz yetishtirishda mahalliy (Ravnaq, Baxoroy) va chet el (Banko F1) navlari ishlatiladi. Ekish muddatlari mintaqaga qarab avgust-sentabr (yozgi-kuzgi) yoki noyabr-dekabr (to‘qsonbosti) davrlariga to‘g‘ri keladi. Har 1 sotix maydonga bahorda 1,0–1,2 kg, yoz-kuz va qishda esa 1,4–1,6 kg urug‘ sepiladi. Parvarishlash jarayonida jo‘yak qoldirish, begona o‘tlarni yo‘qotish va tuproqni yumshatish talab etiladi. O‘g‘itlashda tuproq turlariga

Xorazm viloyatida paxta dalalarida defoliatsiya ishlari

Xorazm viloyati Xonqa tumanida “Sultonboy Xonimjon” fermer xo‘jaligida paxta dalalarida hosilni yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida defoliatsiya ishlari amalga oshirildi. Fermer xo‘jaligi tomonidan 17-avgust kuni 1 gektar maydonga 100 gramm “Avguron Ekstra” defolianti va 2 litr “Esifon” preparati aralashtirilib, belgilangan agrotexnik talablar asosida qo‘llanildi. Mazkur tadbir paxta ko‘saklarining ochilishini jadallashtirish hamda hosilni sifatli va samarali yig‘ib-terib

MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI OLDIDAN OBODLIK HASHARI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika agroxizmatlar markazi jamoasi tomonidan hududda obodonlashtirish va tozalik ishlari olib borildi. Hashar davomida markaz hududi tozalanib, daraxtlar parvarish qilindi, yashil maydonlar tartibga keltirildi hamda hududning obod va ko‘rkam ko‘rinishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu ezgu tashabbus jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, atrof-muhitni asrash va yurtimiz obodligiga munosib hissa qo‘shishga

Ko‘zlardagi quvonch — Mustaqilligimizning 35 yilligiga eng go‘zal tuhfа!

Yurtimiz bo‘ylab eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli to‘yi shukuhi kezmoqda. Bunday qutlug‘ kunlarda mehr ulashish, e’tiborga muhtoj ko‘ngillarni yo‘qlash xalqimizning eng ezgu va olijanob qadriyatlaridandir. Yangi o‘quv yili arafasida Agroxizmatlar markazi jamoasi ana shunday xayrli va savobli tashabbusni amalga oshirdi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan kam ta’minlangan

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida “machalka” yetishtirish bo‘yicha tajriba

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Chekhitoy MFY hududida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha amaliy tajriba ishlari olib borilmoqda. Xususan, 10 sotix maydonda “machalka” (lyuffa) ekini yetishtirilgan bo‘lib, mazkur maydonga jami 700 dona ko‘chat ekilgan. Ekin maydoniga agrotexnik tadbirlar doirasida 50 kg ammofos hamda 200 kg karbamid mineral o‘g‘itlari qo‘llanilgan Ayni vaqtda o‘simliklarning rivojlanishi va hosildorligi kuzatilib,

Andijon viloyatida paxta dalasidagi ochilish jarayoni o‘rganilmoqda

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “ANDGOLD TECH GROUP” paxta-to‘qimachilik klasterining 26 gektarlik paxta maydonida etefon va drojdan foydalanish samaradorligi mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. Mazkur maydonga 6-avgust kuni etefon preparati, 9-avgust kuni esa gektariga 2 kg me’yorida droj sepilgan. Ayni paytda paxta chanoqlarining ochilish jarayoni tahlil qilinib, dastlabki natijalar ijobiy ekani qayd etilmoqda. Keyingi bosqichda maydonga “Avguron” defolianti

Прокрутить вверх