Xorazm viloyati Xonqa tumanida “Sultonboy Xonimjon” fermer xo‘jaligida paxta dalalarida hosilni yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida defoliatsiya ishlari amalga oshirildi.
Fermer xo‘jaligi tomonidan 17-avgust kuni 1 gektar maydonga 100 gramm “Avguron Ekstra” defolianti va 2 litr “Esifon” preparati aralashtirilib, belgilangan agrotexnik talablar asosida qo‘llanildi.
Mazkur tadbir paxta ko‘saklarining ochilishini jadallashtirish hamda hosilni sifatli va samarali yig‘ib-terib olishga zamin yaratishga qaratilgan.

