Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Ziynat bonu” fermer xo‘jaligining 8 gektarlik maydonida moshning 5 xil navi tajriba-sinov tariqasida yetishtirilmoqda.
Tajribada ishtirok etayotgan Istiqlol navi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida, Barqaror va Durdona navlari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida, Navro‘z hamda Qahrabo navlari esa Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.
Ushbu tajribadan maqsad — kombaynda yig‘ib olishga mos, erta pishar, yuqori hosildor va iqtisodiy jihatdan samarali navlarni aniqlab, ularni dehqonlarimizga tavsiya etishdir.

