Jizzax AKIS

2025-yil 4-iyun kuni Mirzacho‘l tumani Toshkent SII hududidagi fermer xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlari Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Z. Amanov va Respublika Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a’zosi Q. Jumanizov tomonidan o‘rganisj o’tkazildi.

Maydonlarga Glyphoshans 54% gerbitsidi bilan ishlov berilgan bo‘lib, har gektariga 200–220 ming tup ko‘chat olingan.

O‘rganish davomida Z. Amanov tomonidan fermerlarga ayrim agrotexnik xatoliklar ko‘rsatildi hamda quyidagi tavsiyalar berildi:

gektariga 1000–2000 dona oltinko‘z entomofagi;
gektariga 1 dona feromon o‘rnatish;
ko’saq qurti har bir avlodiga qarshi 3 marta, 1 g/ga triхogramma (3–4 kun oralatib);
g‘o‘za tunlamasining kattalariga qarshi 1:5, 1:10, 1:20 nisbatda brakon entomofagi qo‘llash.

Прокрутить вверх