Ozarbayjon tajribasi: eksportga yo‘naltirilgan agrotexnologiyalar

Samarqand viloyati Urgut tumani Agroхizmatlar markazi bosh mutaxassisi J.Eshonqulov joriy yilning iyul oyida 4 kun davomida Ozarbayjonda malaka oshirdi. U Xachmaz tumanida joylashgan zamonaviy Food City agrokompleksi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur agrokompleks Ozarbayjon Respublikasida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 85 foizini eksportga tayyorlovchi yirik markazlardan biri hisoblanadi.

Bu yerda:
🟡 laboratoriya,
🟡 bojxona xizmati,
🟡 meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga tayyorlash liniyalari,
🟡 adoqlash, saralash va sovutish texnologiyalari mavjud.

Mazkur safar davomida agrokompleksning ishlab chiqarish jarayonlari, eksportga tayyorlash bosqichlari va xalqaro standartlarga muvofiq ishlov berish tajribalari o‘rganildi.

Прокрутить вверх