Pomidor – erta pishar navlarini ekish tavsiya etiladi. Ekish jarayonida hududning iqlim sharoiti va navning pishish muddati inobatga olinishi kerak.
Baqlajon – yorug‘likni juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun oyning ikkinchi yarmida ekish maqsadga muvofiq.
Karam – mart oyining o‘rtalaridan ekish tavsiya etiladi. Taxminan 2 oy ichida ko‘chatlarni ochiq maydonga ko‘chirib o‘tqazish mumkin bo‘ladi.
Ko‘k piyoz – mart oyi oxirida, ehtimoliy sovuqlar tugagach, ochiq maydonga ekish tavsiya etiladi.
Ko‘katlar – rayhon, yalpiz, arpabodiyon, selderey, ukrop, kashnich, rukolla kabi ko‘katlarni mart oyining ikkinchi yarmida ekish maqsadga muvofiq.
Selderey – urug‘larining unib chiqishi uchun 14-18 kun kerak bo‘ladi.
Qovoq – ko‘chatlari sovuqqa sezgir bo‘lgani uchun mart oyining oxirgi 10 kunligida ekish tavsiya etiladi. Ekishdan oldin urug‘larni namlab, 25-30 kun davomida iliq joyda saqlash, keyin esa ochiq yerga ko‘chirib o‘tqazish tavsiya etiladi.




