O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-420-son qarori bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2-mart sanasidan boshlab Respublika agroxizmatlar markazining tuman mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida tashkil etilib, 72 akademik soatga mo‘ljallangan.
Kurslar davomida tinglovchilar zamonaviy agroxizmat ko‘rsatish mexanizmlari,
qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar,
sohada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashi ko’zda tutilgan.
Mazkur malaka oshirish dasturi hududlarda agroxizmatlar sifatini yanada yaxshilash, soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.





