Sifatli ozuqa — sifatli chorva demakdir

Bugun Andijon viloyatida
O’zbekiston-Germaniya ekspertlar muloqot dasturi doirasida viloyat agroxizmatlari markazi bilan hamkorlikda «Chorvachilikda yem-xashak va ozuqa sifatini tahlil qilish va ratsionni shakllantirish» mavzusida o’quv seminari tashkil etildi.

Seminarda viloyat agroxizmatlar markazining mutaxassislari, viloyat veterinarya boshqarmasi mutahasislari, hamda chorvachilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari va axoli vakillar ishtirok etdi.

Germaniyalik olimlar tomonidan chorva mollari uchun ozuqa mahsulotlarini tayyorlash, ularning sifat darajasini tahlil qilish va to’g’ri ratsion orqali oziqlantirish bo’yicha ilmiy asoslangan ma’lumotlar taqdim qilindi.

Seminar davomida iqlim o’zgarishi sharoitida yuqori hosildor va qurgʻoqchilikka chidamli ozuqa ekinlarini yetishtirish hamda ekinlardagi ozuqa moddalari miqdorini aniqlashda zamonaviy labaratoriya uskunalaridan foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yakunda esa ishtirokchilar tomonidan ozuqa ekinlari maydonlarini kengaytirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha berilgan savollarga Germanyalik mutaxassislar tomonidan ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх