Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida chorvachilikga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi binosida Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida chorvachilik sohasiga bag‘ishlangan o‘quv-ko‘rgazmali seminar-trening (ToT) tashkil etildi.

Unda Germaniyaning iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ekspertlar muloqoti dasturi mutaxassislari, Namangan viloyati Agroxizmatlar markazi tumanlarga biriktirilgan mutaxassislari hamda tumanlardan sohaning mas’ul mutasaddilari va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar davomida chorva hayvonlarini to‘g‘ri oziqlantirish, ozuqa sifatini tahlil qilish, yem-xashak ekinlarini yetishtirish, iqlimga mos ozuqa ekinlari turlari, naslli chorva hayvonlarini parvarishlash mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javoblar tashkil etilib, soha mutaxassislari tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar chorvachilikda zamonaviy bilim va tajribalarni ommalashtirish, fermerlar va mutaxassislarning malakasini oshirish hamda sohada samaradorlikni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх