Tuproqning sho‘rlanish darajasiga ko‘ra, mevali daraxtlarni tanlash bo‘yicha tavsiya
O‘zbekiston sharoitida mevali daraxtzorlar tashkil qilishda tuproqning sho‘rlanganlik darajasini bilish juda ham zarur hisoblanadi. Chunki yurtimizdagi juda ko‘p yerlar turli darajada sho‘rlangan.
Laboratoriya sharoitisiz tuproq sho‘rlanishini portativ EC metrda o‘lchash. Bu eng sodda va oson usul bo‘lib, bunda tuproqdagi umumiy tuzlarning miqdorini va sho‘rlanish darajasini aniqlash mumkin.
EC natijalariga ko‘ra:
-0-2 dS/m — sho‘rlanmagan
-2-4 dS/m — kuchsiz
-4-8 dS/m — o‘rtacha
-8-16 dS/m — yuqori
16 dS/m — juda yuqori sho‘rlanishga bo’linadi.Sho’rlanish darajasiga ko‘ra mevali daraxtlarni tanlash bo‘yicha tavsiya:
O‘rtacha darajagacha sho‘rlanishga chidamli mevalar:
- Anor
- Anjir
- Uzum
Kuchsiz va sho‘rlanmagan tuproqlarni xush ko‘ruvchi mevalar:
- Nok
- Bodom
- Olma
- O‘rik
- Apelsin
- Shaftoli
- Limon
- Olxo‘ri.


