Giyohvandlikka qarshi kurash — kelajak uchun mas’uliyatli qadam!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida aholining keng qatlamlari, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, narkojinoyatlarning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Respublika agroxizmatlar markazi xodimlari uchun tashkil etilgan ma’rifat soatida mazkur yo‘nalishda tayyorlangan targ‘ibot materiallaridan samarali foydalanildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi, jamiyat barqarorligi va kelajak avlod taqdiriga ta’siri haqida batafsil tushunchalar berildi.

Giyohvandlikka qarshi kurash — barchamizning umumiy vazifamiz!

Прокрутить вверх