Yangiliklar

Kasbiy salohiyatni oshirish – samarali ish tashkilining asosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-420-son qarori bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2-mart sanasidan boshlab Respublika agroxizmatlar markazining tuman mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida tashkil etilib, 72 akademik soatga mo‘ljallangan. Kurslar davomida tinglovchilar zamonaviy agroxizmat ko‘rsatish mexanizmlari,qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar,sohada samaradorlikni oshirish […]

Mart oyida ekish mumkin bo‘lgan ekinlar

Pomidor – erta pishar navlarini ekish tavsiya etiladi. Ekish jarayonida hududning iqlim sharoiti va navning pishish muddati inobatga olinishi kerak. Baqlajon – yorug‘likni juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun oyning ikkinchi yarmida ekish maqsadga muvofiq. Karam – mart oyining o‘rtalaridan ekish tavsiya etiladi. Taxminan 2 oy ichida ko‘chatlarni ochiq maydonga ko‘chirib o‘tqazish mumkin bo‘ladi. Ko‘k piyoz

Tuproqning sho‘rlanish darajasiga ko‘ra, mevali daraxtlarni tanlash bo‘yicha tavsiya

Tuproqning sho‘rlanish darajasiga ko‘ra, mevali daraxtlarni tanlash bo‘yicha tavsiya O‘zbekiston sharoitida mevali daraxtzorlar tashkil qilishda tuproqning sho‘rlanganlik darajasini bilish juda ham zarur hisoblanadi. Chunki yurtimizdagi juda ko‘p yerlar turli darajada sho‘rlangan. Laboratoriya sharoitisiz tuproq sho‘rlanishini portativ EC metrda o‘lchash. Bu eng sodda va oson usul bo‘lib, bunda tuproqdagi umumiy tuzlarning miqdorini va sho‘rlanish darajasini aniqlash

O’quv jarayonlari yakunlandi

Xabaringiz bor, Respublika agroxizmatlari markazi, Qishloq xo’jaligida bilim vainnovatsiyalar milliy markazi va Qishloq xo’jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi, Koreya Oziq-ovqat, qishloq xojaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) bilan hamkorlikda “Qishloq xojaligi mahsulotlari va ularning ko‘chatlarini yetishtirish markazini

“Yoshlar kuni” navbatdagi seminar amaliy mashg‘ulotga aylandi

“Yoshlar kuni” navbatdagi seminar amaliy mashg‘ulotga aylandi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan haftaning har payshanba kuni barcha darajadagi idoralarda «Yoshlar kuni» etib belgilangandi.Bu yoshlar bilan ishlashning yangi va samarali tizimini boshlab berdi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Zangiota tumani hokimi boshchiligida sektor rahbarlari hamda 70 dan ortiq ishsiz yoshlar ishtirokida navbatdagi amaliy seminar o‘tkazildi. Shuningdek, seminarda

Kartoshkachilik: hosildorlik kafolati – ilmiy yondashuvda

Kuni kecha Xorazm viloyatida kartoshkachilik sohasini yanada rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishga bagʼishlangan muhim seminar tashkil etildi. Seminar davomida ishtirokchilar kartoshka yetishtirishning ilgʼor va samarali usullari, yuqori hosilli va mahalliy iqlimga mos navlarni tanlash, zamonaviy va tejamkor sugʼorish texnologiyalari, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi samarali kurash choralari boʼyicha amaliy va nazariy tavsiyalarga

Agroxizmatlar sohasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov rahbarligida zoom platformasi orqali agroxizmatlar sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda hududiy Agroxizmatlar markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda ko’rib chiqildi va yo’l qo’yilgan kamchiliklar bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, qishloq xo’jaligida innovatsion 100 ta tashabbusni joylarda amaliyotga tadbiq etish, Biochar tayyorlashda laboratoriya tahlillari

Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi: texnikum o‘quvchilari Markazda

Boyovut tumani politexnikumi o‘quvchilari Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazida bo‘lib, Markaz faoliyati hamda zamonaviy agrotexnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida o‘quvchilarga Markaz binosi atrofida tashkil etilgan DEMO maydonchada yetishtirilayotgan ekin navlari, yuqori hosil olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar hamda mavjud laboratoriyalar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. DEMO maydonchada jami 44 ta boshoqli don

(EPIS)bilan hamkorlik

Xabaringiz bor O‘zbekiston (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/11171) Respublikasi Prezidentining 2022-yil iyuldagi PQ-321-son “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi hamda Koreya Oziq-ovqat, qishloq xojaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS)bilan hamkorlikda “Qishloq xojaligi mahsulotlari va

Ekologik toza biochar — fermerlar uchun yangi imkoniyat

Xabaringiz bor ayni kunlarda respublikamiz hududlari bo‘ylab 2025-yil mobaynida dalalarda hosildan so‘ng qoladigan g‘o‘zapoyalardan, yer uchun foydali bo‘lgan ekologik toza biochar (bioko‘mir) tayyorlash va uni Global carbon trading tizimiga ulash orqali fermerlar uchun qo‘shimcha daromad topish ishlari jadal suratlarda davom etmoqda. Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida joylashgan «Umid» fermer xo‘jaligida

Прокрутить вверх