Agrotavsiyalar

Sholi va baliqni birgalikda yetishtirish texnologiyasi

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi sun’iy baliq ko‘lida sholi va baliqni birgalikda yetishtirish texnologiyasi muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Mazkur integratsiyalashgan tizim yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekologik toza mahsulot yetishtirish hamda xo‘jalikning iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhum qadam hisoblanadi.

Yozyovonda g‘alla hosili rekord natijalarni qayd etdi

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Umid” fermer xo‘jaligida innovatsion biostimulyator — “Jivamrit” bioo‘g‘iti qo‘llanilgan g‘alla maydonlarida yuqori hosildorlikka erishildi. O‘tkazilgan kuzatuv va tahlillar natijasida bioo‘g‘it qo‘llanilgan maydonlarda g‘alla rivojlanishi, boshoq hosildorligi hamda umumiy hosil ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgani aniqlandi. Mazkur tajriba ilmiy yondashuv va innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishishning muhim omili

Dala chetlarida sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish texnologiyasi

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarining asosiy qismi — fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ular o’zlariga biriktirib berilgan yer maydonlardan oqilona foydalanish hamda elimiz dasturxoni to‘kin bo‘lishi barobarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga katta hissa qo‘shib kelmoqdalar.Ma’lumki, respublikamizda paxta va g‘alla katta maydonlarda yetishtiriladi, ushbu ekinlar ekilgan maydonlar chetlaridan samarali foydalanish,

“Gemlik” nav

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasida Gruziyadan keltirilgan zaytunning “Gemlik” navi ilk hosilga kirdi. Mazkur jarayonda Surxondaryo viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari uni parvarishlash va hosildorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiya va maslahatlari bilan ko‘maklashdi.

Bo‘ka tumanida amaliy o‘quv seminari o‘tkazildi

Bo‘ka tumani, Navoiy hududidagi “Temur” fermer xo‘jaligi dala maydonida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Toshkent viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i R. Norbekov, Bo‘ka tumani hokimi S. Isakulov, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazining Bo‘ka tumani bosh mutaxassisi K. Boyquziyev hamda xitoylik mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir davomida g‘o‘za agrotexnikasida bugungi kundagi dolzarb masalalar, g‘o‘za o‘sishini boshqarishda “Sajan”

Shinjon texnologiyasi asosida rangli plyonka ostiga ekilgan g‘o‘za maydoni o‘rganildi.

Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Umurzoqov Jaxongir” fermer xo‘jaligining 15 gektarli maydonida Shinjon texnologiyasi asosida rangli plyonka ostiga ekilgan g‘o‘za maydoni o‘rganildi. Kuzatuvlar davomida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan maydonda ko‘k rangli plyonka ostiga ekilgan g‘o‘za nihollari oq plyonka ostiga ekilgan nihollarga nisbatan tezroq rivojlanayotgani va yaxshi natija ko‘rsatayotgani aniqlandi.

Urug‘siz tarvuz yetishtirish texnologiyasi haqida

Urug‘siz tarvuzlar zamonaviy seleksiya yutuqlari asosida olinadigan, yuqori talabga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan biridir. Ushbu turdagi tarvuzlarning asosiy xususiyati – ularning urug‘ hosil qilmasligidir. Genetik asos: Urug‘siz tarvuzlar diploid (2n) va tetraploid (4n) o‘simliklarni chatishtirish orqali olinadi. Natijada hosil bo‘lgan o‘simlik triploid (3n) bo‘lib, xromosomalar sonining nomutanosibligi sababli urug‘ hosil qila olmaydi. Shu bois mevada

Chirik piyoz va piyoz po‘stlog‘idan o‘g‘it sifatida foydalanish mumkinmi?

Chirik piyoz hamda archilgan piyoz po‘stlog‘ini shunchaki chiqindiga tashlash o‘rniga, ulardan organik o‘g‘it tayyorlash mumkin. Chunki ular tarkibida tuproq uchun foydali bo‘lgan organik moddalar va mikroelementlar mavjud. Piyoz chiqindilari kompost holiga keltirilganda tuproq unumdorligini oshiradi, namlikni yaxshi ushlab turadi, o‘simlik ildizining rivojlanishiga yordam beradi hamda ekologik toza o‘g‘it vazifasini bajaradi. — Ayniqsa, piyoz po‘stlog‘i tarkibidagi

Tuproqlarning o‘g‘it (gumus) holatini yaxshilash va strukturalashtirish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetishtirilishi ko‘payishi bilan tuproqning tarkibida chirindi miqdori kamayadi. Buning uchun gumus balansi hisob-kitoblari olib boriladi va chirindisi baland tuproqlarda defitsitsiz balansni, chirindisi kam bo‘lgan tuproqlarda esa ijobiy balansni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi. Yuqori hosil olish uchun tuproq ozuqa moddalarini sezilarli darajada iste’mol qilish kerakligi sababli (g‘alla hosili 50 s/ga bo‘lsa,

“Ravnaq 2”

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida “Ravnaq 2” g‘o‘za navi chigiti ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Прокрутить вверх