Agroserra bilan o‘rgimchak kanaga qarshi kurashilmoqda
Jizzax Paxta seleksiyasi urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasida g‘o‘za maydonlarida uchrayotgan o‘rgimchak kana va boshqa zararkunandalarga qarshi “Agroserra” suyultirilgan oltingugurt eritmasi qo‘llanilmoqda. Preparat o‘simliklarning tabiiy chidamliligini oshirish, zararkunandalar bosimini kamaytirish hamda g‘o‘zaning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash maqsadida qo‘llanmoqda.









