Agrotavsiyalar

G‘O‘ZADA KREMNIY (Si) ASOSIDAGI O‘G‘ITLARDAN FOYDALANISH

Issiq havo, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va zararkunandalar bosimi sharoitida amaliy tavsiyalar Mazkur infografikalar to‘plami fermer xo‘jaliklari, klasterlar, agronomlar va dehqonlar uchun g‘o‘zada kremniy (Si) asosidagi o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha sodda, amaliy va fermerbop qo‘llanma asosida tayyorlandi. Infografikalarda quyidagi mavzular yoritilgan: — Kremniyning g‘o‘za uchun asosiy foydalari— Bozorda uchrashi mumkin bo‘lgan kremniyli preparatlar— Kremniyli o‘g‘itlarni qo‘llashning asosiy […]

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, Bag‘dod va Buvayda tumanlarida g‘o‘za agrotexnikasi, takroriy ekinlarni yetishtirish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan amaliy seminarlar tashkil etildi.

Seminarlarda viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat Agroxizmatlar markazi rahbariyati, tuman hokimliklari, qishloq xo‘jaligi tizimi tashkilotlari mutaxassislari, agroxizmatlar markazi xodimlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirlar davomida g‘o‘zada joriy zarbdor bir oylik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim agrotexnik tadbirlar, sug‘orish ishlarini samarali tashkil etish, takroriy kartoshka va eksportbop ekinlarni ekish, shuningdek,

“Qishloq xoʻjaligida innovatsion 100 tashabbus” doirasida suyakdan fosforli organik oʻgʻit tayyorlash boʻyicha amaliy tajriba oʻtkazildi

Buxoro viloyati Romitan tumani Urganjiyon MFYda “Qishloq xoʻjaligida innovatsion 100 tashabbus”doirasida suyakdan fosforli organik oʻgʻit tayyorlash boʻyicha amaliy tajriba tashkil etildi. Tajriba davomida plastmassa idish, suyak xomashyosi va 10 foizli sirka kislotasidan foydalangan holda fosforli organik oʻgʻit tayyorlash texnologiyasi amaliy namoyish etildi. Shuningdek, tayyorlangan oʻgʻitni tuproqqa va ishchi eritma koʻrinishida qoʻllash usullari hamda uning oʻsimlik

Sirdaryoda dron texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazida qishloq xo‘jaligida zamonaviy dron texnologiyalarini joriy etish va agroxizmatlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Tadbirda soha mutaxassislari, fermer va klaster vakillari, shuningdek mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilar qishloq xo‘jaligida dron texnologiyalarining afzalliklari, agrotexnik jarayonlarni raqamlashtirish va zamonaviy agroxizmatlar tizimini kengaytirish bo‘yicha amaliy tajribalar bilan tanishdilar. Ma’lumot uchun:

Etefon – yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov paxtachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer va dehqonlarga muhim tavsiya berdi.Vazir ta’kidlashicha, 1-avgust kuniEtefon qo‘llash paxtaning o‘z vaqtida pishishi va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.“Paxta ichida katta bo‘lganman. Menga quloq soling. 1-avgust kuni albatta Etefon seping. Etefon — bu defoliatsiya emas, balki qarish gormoni. U o‘simlikka mavsum yakunlanayotganini bildiradi va barcha

rangli plyonka ostiga

Namangan viloyati Chust elita urug‘chilik xo‘jaligining 40 gektar maydonidaXitoyning MJ-26 g‘o‘za navi rangli plyonka ostiga ekilgan. Ayni kunlarda ekinlarning vegetatsiya davridagi rivojlanish holatini baholash hamda agrotexnik tadbirlar samaradorligini aniqlash maqsadida muntazam kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

Agrosera

Agrosera — suyultirilgan oltingugurt eritmasi bo‘lib, o‘simliklarning sog‘lom rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda zararkunandalarga qarshi kurashishda yordam beradi

Pomidor yetishtirishda rayhonning ahamiyati

Issiqxona sharoitida pomidor qator oralariga rayhon ekish agrotexnik jihatdan samarali usullardan biri hisoblanadi. Rayhonning o‘ziga xos hidi ayrim zararkunandalarni cheklashga yordam beradi

Pomidor va rayhonni birgalikda ekish samarali natija bermoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirining 2026-yil 1-iyundagi 01-01/1-11/447-sonli topshirig‘i ijrosi doirasida Namangan viloyati Kosonsoy tumani Uchqo‘rg‘on MFYdagi tomorqa xo‘jaliklarida pomidor va rayhon ekinlari birgalikda parvarishlanmoqda. Kuzatuvlar natijasida pomidor ko‘chatlarining rivojlanishi yaxshi ekani, har bir tupdan o‘rtacha 2 kg hosil olishga erishilgani aniqlandi. Hozirgi kunga qadar ekinlarda kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish holatlari kuzatilmadi. Parvarish jarayonida yog‘och kulidan

Прокрутить вверх