Agrotavsiyalar

Qizil nurli lampalar asosida tayyorlangan urug‘lik kartoshkalar ekilmoqda

✅Avval xabar berganimizdek, Qishloq xoʻjaligi vaziri tashabbusi bilan qizil va uzoq qizil spektrli lampalar yordamida ishlov berilgan urugʻlik kartoshkalarni takroriy ekin maydonlariga ekish ishlari hududlarda keng ko‘lamda davom ettirilmoqda. Jumladan, Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida dastlab qizil spektrli lampalar yordamida ishlov berilgan “Gala” va “Santa” navli urugʻlik kartoshkalari takroriy ekin maydonlariga ilmiy asoslangan agrotexnik talablar asosida […]

Beshariq tumanida takroriy mosh yetishtirish bo‘yicha tajriba

AKIS Beshariq tumani mutaxassisi Ro‘zmatov Anvarjon 5 gektar maydonda moshning 5 xil navi — Durdona, Barqaror, Istiqlol, Navro‘z va Qahrabo navlarini 3 xil usul hamda turli ekish sxemalarida ekib, tajriba o‘tkazmoqda. Tajribada ishtirok etayotgan Istiqlol navi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida, Barqaror va Durdona navlari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida, Navro‘z hamda Qahrabo navlari

Qishloq xo‘jaligida suv va mablag‘ni tejashning zamonaviy yechimi

Ochiq sug‘orish tizimlari va havzalarda bug‘lanish hamda ifloslanish sabab 35–40% gacha suv yo‘qotiladi, beton suv omborlarini qurish esa oylab vaqt va katta mablag‘ talab etadi. “Matrix group” yumshoq rezervuarlari — hosilni asrash hamda resurslardan unumli foydalanish uchun eng maqbul innovatsion yechimdir! Ushbu rezervuarlar 2500 m³ gacha hajmda ishlab chiqarilib, maxsus qurilish loyihasisiz atigi 15 daqiqada

Tuproq unumdorligini oshirishning tabiiy usullari

Unumdor tuproq — mo‘l va sifatli hosilning garovi. Organik o‘g‘itlar, siderat ekinlar, almashlab ekish, mulchalash hamda foydali mikroorganizmlardan foydalanish tuproqning tabiiy unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, biochar va tabiiy minerallar tuproq tarkibini yaxshilab, gumus miqdorini oshirishga xizmat qiladi. Bu usullar nafaqat hosildorlikni oshiradi, balki tuproqni uzoq yillar davomida sog‘lom saqlashga yordam beradi.

Baxmal tumanida mahalla aholisi uchun amaliy seminar tashkil etildi

Joriy yilning 24-iyul kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xamroyev Islom xonadonida “Xonadonbay” loyihalari doirasida mahalla aholisi ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi direktori Z. Amanov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining “100 tashabbus” doirasidagi loyihalar yuzasidan ma’lumot berib, xonadonlarda daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish, tomorqadan samarali foydalanish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha

Fermer xoʻjaliklarida agrotexnik tadbirlar AKIS mutaxassislari tavsiyasi asosida olib borilmoqda

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Omad Oqoltin” fermer xoʻjaligida 31 gektar maydonda paxtaning Xitoy hamda S-01 navlari parvarishlanmoqda. Ekin maydonida AKIS mutaxassislari koʻrigi va tavsiyasi bilan temir moddasi hamda borniy kislota orqali oziqlantirish ishlari oʻz vaqtida amalga oshirildi. Oqibatda, paxta rivoji oʻtgan yillardagiga nisbatan sezilarli darajada yaxshilanib, kutilgan hosildorlikka zamin yaratildi. Fermer xoʻjaligi rahbari mutaxassislarning amaliy

Tovuqlarni oziqlantirishga oid muhim tavsiyalar

Tovuqlar ratsionida energiyaning asosiy manbai bo‘lib donli ozuqalar (makkajo‘xori, bug‘doy, oqjo‘xori, arpa, so‘li), yog‘li ozuqalar, makkajo‘xoriga ishlov berish chiqindilari, o‘simlik yog‘lari va boshqalar xizmat qiladi. Protein manbai sifatida go‘sht suyak va go‘sht pat unlaridan foydalangan ma’qul. Maydalangan yog‘li kungaboqar urug‘lari ham energiya va proteinning yaxshi manbai hisoblanadi. Tovuq o‘zining eng yuqori mahsuldorlik cho‘qqisiga chiqayotgan, uning

Hurmatli hamyurtlar!

Bir lahza oʻylab koʻring: yoʻl chetiga, dala yoki ariq boʻyiga tashlab ketilgan bitta polietilen paket yoki plastik chiqindi tabiatda yuzlab yillar saqlanib qolishi mumkin. U tuproqni, suvni va atrof-muhitni ifloslantirib, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazadi, eng achinarlisi esa inson salomatligi va kelajak avlod hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tozalik koʻchadan emas, insonning oʻzidan boshlanadi. Uyimizni

Takroriy ekin maydonlari uchun urug‘lik kartoshkalar qizil spektrli lampalar yordamida ishlovdan o‘tkazilmoqda

Qishloq xo‘jaligi vaziri tashabbusi asosida respublika hududlarida urug‘lik kartoshkani qizil va uzoq qizil spektrli nurlar yordamida ishlovdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur usul urug‘ tuganaklarining fiziologik faolligini jadallashtirib, tez va bir maromda unishini ta’minlaydi, sog‘lom nihollar hosil bo‘lishiga hamda takroriy ekinlardan olinadigan hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, Buxoro viloyati Olot tumani “Sharq Yulduzi” hududidagi “Bozor

Прокрутить вверх