Baxmal tumanida mahalla aholisi uchun amaliy seminar tashkil etildi

Joriy yilning 24-iyul kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xamroyev Islom xonadonida “Xonadonbay” loyihalari doirasida mahalla aholisi ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi direktori Z. Amanov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining “100 tashabbus” doirasidagi loyihalar yuzasidan ma’lumot berib, xonadonlarda daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish, tomorqadan samarali foydalanish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbirda Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mahalla faollari va mahalla aholisi faol ishtirok etdi.

Прокрутить вверх