Tovuqlarni oziqlantirishga oid muhim tavsiyalar

Tovuqlar ratsionida energiyaning asosiy manbai bo‘lib donli ozuqalar (makkajo‘xori, bug‘doy, oqjo‘xori, arpa, so‘li), yog‘li ozuqalar, makkajo‘xoriga ishlov berish chiqindilari, o‘simlik yog‘lari va boshqalar xizmat qiladi.

Protein manbai sifatida go‘sht suyak va go‘sht pat unlaridan foydalangan ma’qul. Maydalangan yog‘li kungaboqar urug‘lari ham energiya va proteinning yaxshi manbai hisoblanadi.

Tovuq o‘zining eng yuqori mahsuldorlik cho‘qqisiga chiqayotgan, uning o‘sishi davom etayotgan, tuxum vazni oshayotgan davrda yuqori to‘yimlikdagi ozuqalardan foydalanish lozim.

Har kungi nazoratni o‘tkazishda quyidagi ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
➖ parrandaning sog‘lomlik holati;
➖ tovuqxona harorati;
➖ yem ozuqa va suv berilishi;
➖ yorug‘lik;
➖ parrandaning o‘limi;
➖ ventilyatsiya.

Parranda sog‘lomligini aniqlashda umumiy taassurotlar va o‘lgan parranda to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan kifoyalanmasdan, ozuqa va suv iste’moli hamda parranda go‘ngining holatlarini ham inobatga olish katta ahamiyatga ega.

Прокрутить вверх