“Qishloq xoʻjaligida innovatsion 100 tashabbus” doirasida suyakdan fosforli organik oʻgʻit tayyorlash boʻyicha amaliy tajriba oʻtkazildi

Buxoro viloyati Romitan tumani Urganjiyon MFYda “Qishloq xoʻjaligida innovatsion 100 tashabbus”doirasida suyakdan fosforli organik oʻgʻit tayyorlash boʻyicha amaliy tajriba tashkil etildi.

Tajriba davomida plastmassa idish, suyak xomashyosi va 10 foizli sirka kislotasidan foydalangan holda fosforli organik oʻgʻit tayyorlash texnologiyasi amaliy namoyish etildi. Shuningdek, tayyorlangan oʻgʻitni tuproqqa va ishchi eritma koʻrinishida qoʻllash usullari hamda uning oʻsimlik tomonidan fosfor va kalsiy elementlarining oson oʻzlashtirilishidagi ahamiyati yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

Прокрутить вверх