Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi sun’iy baliq ko‘lida sholi va baliqni birgalikda yetishtirish texnologiyasi muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Mazkur integratsiyalashgan tizim yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekologik toza mahsulot yetishtirish hamda xo‘jalikning iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhum qadam hisoblanadi.

