Agrotavsiyalar

SIRDARYODA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazida qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi. Seminar doirasida suv ta’minoti murakkab bo‘lgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishni tashkil etishga qaratilgan innovatsion yechimlar hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan, import o‘rnini bosuvchi […]

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Hamkor namuna” fermer xo‘jaligida baliq ko‘lida yetishtirilayotgan sholi maydonining bugungi holati o‘rganildi.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Hamkor namuna” fermer xo‘jaligida baliq ko‘lida yetishtirilayotgan sholi maydonining bugungi holati o‘rganildi. Agroxizmatlar markazi mutaxassislari ishtirokida tajriba maydoni ko‘zdan kechirilib, sholi nihollarining o‘sish va rivojlanish jarayonlari tahlil qilindi. Shuningdek, ekinni parvarishlash, oziqlantirish hamda suv rejimini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Ma’lumot uchun, mazkur maydonda sholi ekish ishlari joriy yilning

NAMANGANDA INNOVATSION USULDA SHOLI YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILDI

Qishloq xo‘jaligi vazirining “Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus” loyihasi doirasida sholi yetishtirish hajmini oshirish, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda suv havzalaridan samarali foydalanish orqali mahsulot ishlab chiqaruvchilarning daromadini ko‘paytirish maqsadida yangi innovatsion tajribalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shu maqsadda Namangan viloyati Mingbuloq tumani “Gigant” MMTP hududida joylashgan Bosaraliyev Muqimjon baliqchilik xo‘jaligining 1 gektarlik baliq

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR – QISHLOQ XO‘JALIGI TARAQQIYOTI GAROVI

Joriy yilning 8-iyun kuni Respublika agroxizmatlar markazida ishloq xo‘jaligida yangi innovatsion texnologiyalarni respublika hududlarida joriy etish ko‘lamini kengaytirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag’ishlangan seminar yig‘ilishi tashkil etildi. Seminarda doirasida suv ta’minoti murakkab bo‘lgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini innovatsion texnologiyalar yordamida sug‘orishni tashkil etish loyihasi

NAMANGAN VILOYATIDA “SHINJON” TEXNOLOGIYASINING ILK SAMARALARI KO‘RINMOQDA

Namangan viloyati Uychi tumani “Zarbol Navoiy” MMTP hududida faoliyat yuritayotgan “Umirzoqov Jahongir” fermer xo‘jaligida parvarishlanayotgan g‘o‘za maydonlarida gullar to‘kilib, ilk ko‘saklar shakllandi. Mazkur xo‘jalikning 15 gektar maydonida chigit plyonka ostida qo‘sh qator usulida, tomchilatib sug‘orish tizimi bilan uyg‘unlashtirilgan holda “Shinjon” texnologiyasi asosida ekilgan. Bugungi kunda g‘o‘zaning rivojlanish ko‘rsatkichlari ushbu texnologiyaning amaliy samaradorligini namoyon etmoqda. Mutaxassislarning

G‘o‘za orasida yangi tajriba: bir maydondan ikki hosil!

Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuv sinovdan o‘tkazilmoqda. Interkrop (qo‘shma ekin yetishtirish) usuli asosida g‘o‘za qator oralig‘iga sabzi ekilib, yer maydonidan yanada samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tajriba o’tkazildi. Mazkur sinovning asosiy maqsadi — mavjud yer resurslaridan maksimal darajada foydalanish, qo‘shimcha hosil olish hamda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat. G‘o‘za vegetatsiyasi davomida qator oralig‘ida sabzi

biochar (bioko‘mir) qo‘llangan holda ekilib, muvaffaqiyatli unib chiqdi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi demo maydonchalarda Respublika agroxizmatlar markazi tomonidan taqdim etilgan urug‘lar (kabutar no‘xat, Afrika tariqi, Italiya mastagi, jo‘xori, xashaki lavlagi, o‘tkirbarg loviya, bamiya, Xitoy vignasi hamda qizil sebarga urug‘lari) biochar(bioko‘mir) qo‘llangan holda ekilib, muvaffaqiyatli unib chiqdi. Ekinlar tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanmoqda va rivojlanish jarayoni davom etmoqda.

Прокрутить вверх