G‘o‘za orasida yangi tajriba: bir maydondan ikki hosil!

Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuv sinovdan o‘tkazilmoqda. Interkrop (qo‘shma ekin yetishtirish) usuli asosida g‘o‘za qator oralig‘iga sabzi ekilib, yer maydonidan yanada samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tajriba o’tkazildi.

Mazkur sinovning asosiy maqsadi — mavjud yer resurslaridan maksimal darajada foydalanish, qo‘shimcha hosil olish hamda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat.

G‘o‘za vegetatsiyasi davomida qator oralig‘ida sabzi yetishtirish orqali bir maydonning o‘zidan qo‘shimcha mahsulot olish imkoniyati yaratilmoqda. Bu esa nafaqat hosildorlikni oshirish, balki fermerlar daromadini diversifikatsiya qilishga ham xizmat qiladi.

Ushbu innovatsion yondashuv natijalari kelgusida g‘o‘za yetishtirish amaliyotiga yangi imkoniyatlar olib kirishi va interkrop texnologiyalarini keng joriy etish uchun muhim tajriba vazifasini o‘tashi kutilmoqda.

Прокрутить вверх