NAMANGAN VILOYATIDA “SHINJON” TEXNOLOGIYASINING ILK SAMARALARI KO‘RINMOQDA

Namangan viloyati Uychi tumani “Zarbol Navoiy” MMTP hududida faoliyat yuritayotgan “Umirzoqov Jahongir” fermer xo‘jaligida parvarishlanayotgan g‘o‘za maydonlarida gullar to‘kilib, ilk ko‘saklar shakllandi.

Mazkur xo‘jalikning 15 gektar maydonida chigit plyonka ostida qo‘sh qator usulida, tomchilatib sug‘orish tizimi bilan uyg‘unlashtirilgan holda “Shinjon” texnologiyasi asosida ekilgan. Bugungi kunda g‘o‘zaning rivojlanish ko‘rsatkichlari ushbu texnologiyaning amaliy samaradorligini namoyon etmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Shinjon” texnologiyasi suv va o‘g‘itlardan samarali foydalanish, o‘simliklarning barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Прокрутить вверх