Имя автора: Munisbek Rajobov

«Paxtachilikda yuqori hosildorlik va yangi texnologiyalar sari» mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.

Kattaqo‘rg‘on tuman Agroxizmatlar markazi bosh mutaxassisi Q. Hamdamovning “Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun” gazetasida paxtachilikda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda yuqori hosildorlikka erishish yo‘llari yoritilgan «Paxtachilikda yuqori hosildorlik va yangi texnologiyalar sari» mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi. Mazkur maqolada paxta yetishtirishda Shinjon usuli, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi hamda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish orqali hosildorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar […]

Kartoshka tuganaklarini qizil spektrli lampalar yordamida nishlatish jarayoni o‘rganildi.

Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Ravshan Kurbanov tomonidan Bag‘dod tumanidagi “Solijon Axmedov” fermer xo‘jaligida takroriy ekin maydonlariga ekish uchun urug‘lik kartoshka tuganaklarini qizil spektrli lampalar yordamida nishlatish jarayoni o‘rganildi. Mazkur tajribada 15 kun avval “Gala” va “Koroleva Anna” navli urug‘lik kartoshkalar qizil spektrli lampalar yordamida hamda an’anaviy usulda nishlatishga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning o‘sish

“Qishloq hayoti” gazetasida AKIS tavsiyasi asosidagi maqola e’lon qilindi

“Qishloq hayoti” gazetasining 2026-yil 6-avgust kungi 32 (9404)-sonida AKIS tomonidan tayyorlangan “TOZA DALA – SOG‘LOM TUPROQ VA MO‘L HOSIL GAROVI” mavzusidagi maqola chop etildi. Unda “Paxtachilikda yuqori hosildorlik sari 8 qadam” qo‘llanmasining sakkizinchi qismi asosida dalaning ekologik tozaligi, tuproq unumdorligini saqlash, suv va texnika xavfsizligi, paxta tolasi sifati hamda inson salomatligiga ta’sir etuvchi muhim omillar

Etefon g‘o‘zaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Bu savol bugun barcha fermerlar uchun dolzarb va qiziq. Mazkur savolga Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov bevosita g‘o‘za dalasida fermerlarga sodda va tushunarli tarzda javob berdi.

Mo‘l hosil sari: etefon qo‘llashning amaliy natijalari

Sirdaryo viloyati, Hovos tumanidagi Norchayev fermer xo‘jaligining “Zamin unumdor yer777”MCHJga qarashli g‘o‘za maydonida joriy yilning 29-iyul kuni etefon preparati gektariga 2 litr me’yorda qo‘llanildi. O‘tkazilgan kuzatuvlar natijasida preparatning ijobiy ta’siri qayd etilib, g‘o‘za barglarida tabiiy fiziologik o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jami 120 gektar maydonning 63 gektarida ishlov yakunlangan bo‘lib, qolgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Dala

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Respublika agroxizmatlar markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Respublika agroxizmatlar markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida

Mo‘l hosil sari: etefon qo‘llashning amaliy natijalari

Namangan viloyati, Uychi tumani, Zarbol Navoiy MMTP hududidagi “Umurzoqov Jahongiz” fermer xo‘jaligining 5 gektarli g‘o‘za maydonida etefon preparati qo’llanilishi natijasida ijobiy natijalar kuzatilmoqda. Mazkur preparat g’o’zaning bir maromda pishib yetilishi va ko’saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kamyo’qotishlar bilan yig’ib olish uchun qulay sharoit yaratadi.

Qizil spektrli nurlar hosildorlikni oshirmoqda

Samarqand viloyati Tayloq tumanida “Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus” doirasida qizil spektrli nurlar yordamida ishlov berilgan urug‘lik kartoshka maydonlarida hosil yig‘im-terimi davom etmoqda. Dastlabki natijalar ushbu innovatsion texnologiyaning yuqori samaradorligini tasdiqlamoqda. Qizil spektrli nurlar bilan ishlov berilgan urug‘likdan yetishtirilgan kartoshka maydonlarida hosildorlik 600 sentnergacha yetib, an’anaviy usulda ekilgan maydonlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori natijalar qayd

Etefon qo‘llanilishi ijobiy natija bermoqda

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “To‘rayev Muzaffar” fermer xo‘jaligining 11 gektar g‘o‘za maydonida joriy yilning 29-iyul kuni etefon preparati gektariga 1,5 litr me’yorda qo‘llanildi. Mazkur preparat g’o’zaning birmaromda pishib yetilishi va ko’saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kamyo’qotishlar bilan yig’ib olish uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni paytda respublikamizning turli hududlaridagi paxta maydonlarida etefon

Прокрутить вверх