Mo‘l hosil sari: etefon qo‘llashning amaliy natijalari

Sirdaryo viloyati, Hovos tumanidagi Norchayev fermer xo‘jaligining “Zamin unumdor yer777”MCHJga qarashli g‘o‘za maydonida joriy yilning 29-iyul kuni etefon preparati gektariga 2 litr me’yorda qo‘llanildi.

O‘tkazilgan kuzatuvlar natijasida preparatning ijobiy ta’siri qayd etilib, g‘o‘za barglarida tabiiy fiziologik o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jami 120 gektar maydonning 63 gektarida ishlov yakunlangan bo‘lib, qolgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Dala kuzatuvlari natijasida g‘o‘zalarda o‘rtacha 12 tagacha yetilgan ko‘sak mavjudligi aniqlanib, hosilni qisqa muddatda yig‘ib-terib olish uchun qulay sharoit shakllanmoqda. Barcha ishlar Respublika agroxizmatlar markazi mutaxassislarining tavsiyalari asosida tashkil etilmoqda.

Прокрутить вверх