Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Respublika agroxizmatlar markazi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.











