Etefon qo‘llanilishi ijobiy natija bermoqda

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “To‘rayev Muzaffar” fermer xo‘jaligining 11 gektar g‘o‘za maydonida joriy yilning 29-iyul kuni etefon preparati gektariga 1,5 litr me’yorda qo‘llanildi.

Mazkur preparat
g’o’zaning bir
maromda pishib yetilishi
va ko’saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kam
yo’qotishlar bilan yig’ib olish
uchun qulay sharoit yaratadi.

Ayni paytda respublikamizning turli hududlaridagi paxta maydonlarida etefon preparatini belgilangan me’yorlar va agrotexnik tavsiyalar asosida qo’llash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Прокрутить вверх