Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Ravshan Kurbanov tomonidan Bag‘dod tumanidagi “Solijon Axmedov” fermer xo‘jaligida takroriy ekin maydonlariga ekish uchun urug‘lik kartoshka tuganaklarini qizil spektrli lampalar yordamida nishlatish jarayoni o‘rganildi.
Mazkur tajribada 15 kun avval “Gala” va “Koroleva Anna” navli urug‘lik kartoshkalar qizil spektrli lampalar yordamida hamda an’anaviy usulda nishlatishga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda ularning o‘sish va unib chiqishidagi farq yaqqol kuzatilmoqda.
Shuningdek, avgust–sentyabr oylarida ekish rejalashtirilgan sarimsoqpiyoz urug‘lari ham qizil spektrli lampalar yordamida nishlatishga qo‘yildi.

