Ommaviy tadbirlar

Sirdaryoda agrar samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi

Sirdaryoda agrar samaradorlikni oshirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi Sirdaryo viloyatiga tashrifim doirasida Boyovut tumanidagi Agroxizmatlar ko‘rsatish markazi (AKIS) Sirdaryo filialida agrar sohada samaradorlikni oshirish hamda ilg‘or tajribalarni keng joriy etishga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazdim. Unda Paxtachilik kengashi a’zolari ham faol ishtirok etdi. Seminarda viloyat va tumanlarning qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, qishloq xo‘jaligi […]

Buxoroda mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyat boshladi

Buxoroda mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyat boshladi Buxoro viloyatida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida zamonaviy mobil agroxizmat ko‘rsatish markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bu esa markaz faoliyati xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlarga asoslanganini ko‘rsatadi. Mazkur mobil agroxizmat markazi orqali

Agrar sohada natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etilmoqda

Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o’tkazilmoqda. Mazkur o‘quv kursi davlatimiz rahbarining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning yanvar–fevral oylarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida tashkil etildi. Seminarda asosiy e’tibor qishloq

Shveysariya tajribasi: Agrar sohada innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi

Respublika agroxizmatlar markazi tomonidan suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Zarafshon daryosi havza Kengashi raisi, “Caritas Switzerland”ning mintaqaviy va mamlakat direktori, Navoi viloyati agroxizmatlar markazi rahbar xodimlari, viloyatdagi tadbirkor ayollar, klasterlar va fermer xo’jalik rahbarlari ishtirok

Seminarda “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga nisbatan chidamli va kompleks boshqarish» loyihasi doirasida Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillar

Hududlardagi faoliyat yuritayotgan Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan bir qator amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi seminar Navoiy viloyati Karmana tumani Hazora hududidagi “Ibrohim Maxsum” fermer xo‘jaligida boʻlib oʻtdi. Seminarda “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga nisbatan chidamli va kompleks boshqarish» loyihasi doirasida Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha

G‘alla parvarishida dolzarb vaziyat: amaliy seminarlar boshlandi

Kuz mavsumining noodatiy quruq va iliq kelishi boshoqli don ekinlari rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Sentabr–noyabr oylarida yog‘ingarchilikning kamligi sabab ayrim maydonlarda g‘alla umuman unib chiqmadi, boshqalarda esa o‘simliklar 1–2 yoki 3–4 barg fazasida to‘xtab qoldi. Natijada tuplanish sekinlashdi, ildiz rivoji sustlashdi, qishki sovuqqa chidamlilik pasaydi. Quruqlik oqibatida tuproqning qattiqlashuvi, o‘g‘itlarning yomon o‘zlashishi va maysalarning noraso

Islohotlar tayanch nuqtasi – tajriba maydonlari va ilmiy yondashuv

Farg‘ona viloyatiga bo‘lgan tashrifim davomida Rishton tumanidagi “Paxtakor iqror” fermer xo‘jaligiga qarashli 10 gektarli dala maydonini ko‘zdan kechirdim. Bu yerda paxtaning xorijiy va mahalliy navlari tajriba tariqasida 76×10 sxemada, qo‘shqator qilib, plyonka ostiga ekilgan. Mazkur dala maydonida tatbiq etilayotgan agrotexnik amaliyotlar bilan yaqindan tanishdim. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, xorijiy navlar iqlim sharoitimizga moslashtirilgan bo‘lib, yuqori hosil

Baxmalda zamonaviy bog‘dorchilikka bag‘ishlangan oʻquv-amaliy seminar bo’lib o’tdi

Joriy yilning 9-iyul kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani, Mo‘g‘ol mahalla fuqarolar yig‘inida “Intensiv olma va nok bog‘dorchiligi” mavzusida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir Agroxizmatlar markazi, “Agrobank” ATB huzuridagi Fermerlar maktabi hamda “Baxmal AgroStar” MChJ hamkorligida tashkil etildi. Seminar davomida Fermerlar maktabi agronom-mutaxassisi Mansur Yo‘ldoshev tomonidan ma’ruza qilindi. Seminarda Agroxizmatlar markazi bosh mutaxassisi I. Xamroyev, nihol

“Dolzarb 30 kunlik”

18.07.2025 sanasida Samarqand viloyati, Narpay tumanida “Dolzarb 30 kunlik” doirasida paxta parvarishi yuzasidan muhim seminar tashkil etildi. Viloyat agroxizmatlar markzi direktori A.Narbaev boshchiligidagi ushbu tadbirda: biostimulyator bilan bargdan oziqlantirish;tungi sug‘orishni sharbatsimon usulda tashkil qilish; zararli hasharotlarga qarshi kurashish;chilpish va issiqdan himoyalash kabi tadbirlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbirlarda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, fermer xo‘jaliklari, jurnalistlar

Прокрутить вверх