Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o’tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv kursi davlatimiz rahbarining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning yanvar–fevral oylarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Seminarda asosiy e’tibor qishloq va suv xo‘jaligini natijaga yo‘naltirilgan holda boshqarish, hududlarda ish samaradorligini yuksaltirish hamda sohaga zamonaviy innovatsiyalarni faol joriy qilish masalalariga qaratilgan.
Seminar ishtirokchilari zamonaviy boshqaruv uslublari, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish («smart farming»), agrosanoatda logistika va qayta ishlash zanjirlarini shakllantirish, agroklasterlar faoliyati hamda KPI tizimini joriy etish yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
Ushbu o‘quv-amaliy seminar hududiy boshqaruv sifatini yangi bosqichga olib chiqish, rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish hamda qishloq va suv xo‘jaligi tizimini tubdan isloh qilishda muhim omil bo‘ladi.







