“Dolzarb 30 kunlik”

18.07.2025 sanasida Samarqand viloyati, Narpay tumanida “Dolzarb 30 kunlik” doirasida paxta parvarishi yuzasidan muhim seminar tashkil etildi.

Viloyat agroxizmatlar markzi direktori A.Narbaev boshchiligidagi ushbu tadbirda: biostimulyator bilan bargdan oziqlantirish;
tungi sug‘orishni sharbatsimon usulda tashkil qilish;
zararli hasharotlarga qarshi kurashish;
chilpish va issiqdan himoyalash kabi tadbirlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbirlarda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari, fermer xo‘jaliklari, jurnalistlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan seminar ishtirokchilariga yozma tavsiyanomalar ham tarqatildi.

Прокрутить вверх