Shveysariya tajribasi: Agrar sohada innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi

Respublika agroxizmatlar markazi tomonidan suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Zarafshon daryosi havza Kengashi raisi, “Caritas Switzerland”ning mintaqaviy va mamlakat direktori, Navoi viloyati agroxizmatlar markazi rahbar xodimlari, viloyatdagi tadbirkor ayollar, klasterlar va fermer xo’jalik rahbarlari ishtirok etdi

Seminar davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan foydalanish, tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini joriy qilishning ahamiyati, shuningdek, ayollarning mahalliy suv boshqaruvidagi rolini kuchaytirish — suv resurslaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlash hamda qaror qabul qilish jarayonlarida gender tengligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, fermerlar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan atroflicha tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar bildirildi.

Mazkur seminar suvdan samarali ommalashtirish hamda fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Прокрутить вверх