Имя автора: Munisbek Rajobov

Boy meros – yuksak tafakkur – porloq kelajak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosi va buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini targ‘ib etuvchi muhim maskandir.Respublika Agroxizmatlar markazi xodimlari ishdan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda tarixiy va ma’naviy merosimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida mazkur markazga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida ular markazning zamonaviy me’moriy yechimi, noyob […]

Baxmal tumanida mahalla aholisi uchun amaliy seminar tashkil etildi

Joriy yilning 24-iyul kuni Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Xamroyev Islom xonadonida “Xonadonbay” loyihalari doirasida mahalla aholisi ishtirokida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi direktori Z. Amanov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining “100 tashabbus” doirasidagi loyihalar yuzasidan ma’lumot berib, xonadonlarda daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish, tomorqadan samarali foydalanish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha

Fermer xoʻjaliklarida agrotexnik tadbirlar AKIS mutaxassislari tavsiyasi asosida olib borilmoqda

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Omad Oqoltin” fermer xoʻjaligida 31 gektar maydonda paxtaning Xitoy hamda S-01 navlari parvarishlanmoqda. Ekin maydonida AKIS mutaxassislari koʻrigi va tavsiyasi bilan temir moddasi hamda borniy kislota orqali oziqlantirish ishlari oʻz vaqtida amalga oshirildi. Oqibatda, paxta rivoji oʻtgan yillardagiga nisbatan sezilarli darajada yaxshilanib, kutilgan hosildorlikka zamin yaratildi. Fermer xoʻjaligi rahbari mutaxassislarning amaliy

Tovuqlarni oziqlantirishga oid muhim tavsiyalar

Tovuqlar ratsionida energiyaning asosiy manbai bo‘lib donli ozuqalar (makkajo‘xori, bug‘doy, oqjo‘xori, arpa, so‘li), yog‘li ozuqalar, makkajo‘xoriga ishlov berish chiqindilari, o‘simlik yog‘lari va boshqalar xizmat qiladi. Protein manbai sifatida go‘sht suyak va go‘sht pat unlaridan foydalangan ma’qul. Maydalangan yog‘li kungaboqar urug‘lari ham energiya va proteinning yaxshi manbai hisoblanadi. Tovuq o‘zining eng yuqori mahsuldorlik cho‘qqisiga chiqayotgan, uning

Ilm-fandan dalagacha: tizim va texnologiyalar

AKIS tizimida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish mexanizmlari, 13 ta Respublika va hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyati hamda vernalizatsiya, biochar, bokashi, Carbon Market va resurs tejovchi agrotexnologiyalar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.

AKIS faoliyatida 2026-yil I yarim yilligi yakunlari

2026-yilning dastlabki olti oyi davomida AKIS tizimi orqali fermer va qishloq xo‘jaligi vakillarining zamonaviy bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish borasida salmoqli natijalarga erishildi. Batafsil infografikada.

#OAV_nigohida UzAda AKIS faoliyati haqida maqola e’lon qilindi

UzA axborot agentligida “AKIS – ilmiy yutuqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri dalaga olib kirayotgan samarali mexanizm” sarlavhasi ostida AKIS faoliyatiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi. Unda AKIS tizimining ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, fermer va dehqonlarni zamonaviy bilim hamda innovatsiyalar bilan ta’minlashdagi o‘rni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida samaradorlikni oshirishga qaratilgan faoliyati yoritilgan. Batafsil: https://uza.uz/oz/posts/akis-ilmiy-yutuqlarni-togridan-togri-dalaga-olib-kirayotgan-samarali-mexanizm_884272

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani dalalarida paxta ochildi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi ilg‘or fermer xo‘jaliklaridan biri — «Zumrad, Ibrat» fermer xo‘jaligida paxta ochilishi kuzatildi. Joriy yilning erta bahorida xo‘jalikning 78 gektar maydoniga viloyatda birinchilardan bo‘lib Shinjon usulida, qo‘shqator ekish hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyalari asosida chigit ekilgan edi. Bugungi kunda xo‘jalikning 13 gektar maydonida paxta ochildi. Bu esa agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli

Hurmatli hamyurtlar!

Bir lahza oʻylab koʻring: yoʻl chetiga, dala yoki ariq boʻyiga tashlab ketilgan bitta polietilen paket yoki plastik chiqindi tabiatda yuzlab yillar saqlanib qolishi mumkin. U tuproqni, suvni va atrof-muhitni ifloslantirib, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazadi, eng achinarlisi esa inson salomatligi va kelajak avlod hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Tozalik koʻchadan emas, insonning oʻzidan boshlanadi. Uyimizni

Прокрутить вверх