Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va hosildorlikni oshirish ehtiyoji bizdan zamonaviy, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishni talab qilmoqda.
Ana shunday ilg‘or yondashuv asosida Qarshi tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qarshi tumanidagi “OMAD START” korxonasi rahbari Elyor Baxtiyorovich hamda Qarshi tumani Agroxizmatlar markazi bosh mutaxassisi Elbek Yoʻldoshev hamkorligida, qishloq xoʻjaligida iqtisodiy samaradorligi hamda sifatliligi bilan bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan suv tejovchi texnologiyalarni viloyatimizda keng joriy etish bo‘yicha Agroxizmatlar markazi bilan hamkorlik yoʻlga qo‘yildi.
Jumladan, yomgʻirlatib va tomchilatib sugʻorish tizimlarini nafaqat fermer xoʻjaliklari, balki dehqon hamda aholi tomorqa xoʻjaliklarida ham qo‘llash, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi korxonadan xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bu tashabbus viloyatda qishloq xo‘jaligida resurslardan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va ekologik barqarorlikka erishishda muhim qadam bo’ladi.
