O‘rtachirchiqda chigit ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida paxta yetishtirish mavsumiga tayyorgarlik doirasida chigit ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi vakillari, Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a’zolari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida paxta chigitini sifatli ekish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, texnika va uskunalardan samarali foydalanish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Tadbirdan ko’zlangan maqsad fermerlar uchun tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish va hosildorlikni oshirishdan iborat.

Прокрутить вверх