Sifatli hosil – to‘g‘ri yondashuvdan boshlanadi!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolari va Toshkent viloyati Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh Bekobod tumanidagi fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, paxta maydonlarida xo‘rak maydonlarining holatini o‘rgandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ayrim xo‘jaliklarda hali xo‘rak maydonlari tashkil etilmagan. Mutaxassislar bu bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi va mavjud holatni imkon qadar tez bartaraf etish lozimligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz: respublikamiz bo‘ylab tarqatilgan uslubiy qo‘llanmada xorijiy navlarni ekishda to‘g‘ri agrotexnik yondashuvlar va dala maydonining 20 foizigacha bo‘lgan qismida xo‘rak maydonlarini tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu maydonlarda mahalliy navlar ekilib, chigitlarni ko‘sak qurti va boshqa zararkunandalardan himoya qilishga xizmat qiladi. Ushbu to’g’ri yondashuv esa, yuqori hosil olishga hissa qo’shadi.

Прокрутить вверх