Yangiliklar

Qizil spektrli nurlar hosildorlikni oshirmoqda

Samarqand viloyati Tayloq tumanida “Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus” doirasida qizil spektrli nurlar yordamida ishlov berilgan urug‘lik kartoshka maydonlarida hosil yig‘im-terimi davom etmoqda. Dastlabki natijalar ushbu innovatsion texnologiyaning yuqori samaradorligini tasdiqlamoqda. Qizil spektrli nurlar bilan ishlov berilgan urug‘likdan yetishtirilgan kartoshka maydonlarida hosildorlik 600 sentnergacha yetib, an’anaviy usulda ekilgan maydonlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori natijalar qayd […]

Etefon qo‘llanilishi ijobiy natija bermoqda

Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, “To‘rayev Muzaffar” fermer xo‘jaligining 11 gektar g‘o‘za maydonida joriy yilning 29-iyul kuni etefon preparati gektariga 1,5 litr me’yorda qo‘llanildi. Mazkur preparat g’o’zaning birmaromda pishib yetilishi va ko’saklarning ochilish jarayonini jadallashtirib, hosilni qisqa muddatda, sifatli hamda kamyo’qotishlar bilan yig’ib olish uchun qulay sharoit yaratadi. Ayni paytda respublikamizning turli hududlaridagi paxta maydonlarida etefon

Fermerlarga dizel uchun 2 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Adliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilg‘isi qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni (ro‘yxat raqami 3912, 2026-yil 29-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Endilikda paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlar 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja savdolari orqali xarid qilgan dizel yoqilg‘isi narxi 1 tonnasi uchun 13 mln so‘mdan

Etifon preparatining gʻoʻza rivojida va hosildorlikni oshirishdagi samarasi oʻrganildi

AKIS mutaxassislari hamda tajribali fermerlar ishtirokida gʻoʻza maydonlarida koʻrgazmali amaliy koʻrik oʻtkazildi. Unda gektariga 1 litr me’yorda qoʻllanilgan Etifon preparatining natijalari joyida tahlil qilindi. • Hosildorlik: Har bir tup gʻoʻzada kamida 8-10 tadan tayyor koʻsak shakllangan boʻlib, bitta koʻsakdagi paxta vazni oʻrtacha 8 grammni tashkil etmoqda. • Oziqlantirish: Preparat gʻoʻzaning ortiqcha shona va gʻunchalarini toʻkib,

“G‘ozg‘on” — hosildorlik va iqlimga moslashuvchan nav

O‘zbek olimlari tomonidan yaratilgan “G‘ozg‘on” bugʻdoy navi erta pishar bo‘lib, turli tuproq-iqlim sharoitlariga yaxshi moslashadi va barqaror hosildorlikni ta’minlaydi. Yuqori agrotexnika sharoitida 1 gektardan 78–85 sentnergacha hosil olish mumkin! Tezpishar, kasalliklarga chidamli va serhosil bugʻdoy navini izlayapsizmi? Unda “G‘ozg‘on” — ishonchli tanlovingiz bo‘la oladi!

Tuproqqa noto‘g‘ri ishlov berish qanday oqibatlarga olib keladi?

Tuproqqa noto‘g‘ri ishlov berish uning strukturasini buzadi, zichlanishni kuchaytiradi va suv-havo almashinuvini yomonlashtiradi. Natijada ildizlarning rivojlanishi cheklanadi, o‘simliklarning oziqa moddalarini o‘zlashtirishi pasayadi hamda hosildorlik kamayadi. Shuningdek, gumus miqdorining kamayishi tuproq unumdorligini pasaytiradi va atmosferaga CO₂ ajralishini ko‘paytirib, iqlim o‘zgarishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

AKIS jamoasining bir kuni qanday o‘tadi?

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida AKIS mutaxassislari har kuni fermer va dehqonlar bilan ishlaydi, dala maydonlarida kuzatuvlar olib boradi, maslahatlar beradi hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni targ‘ib qiladi.

Agroxizmatlar sohasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov rahbarligida agroxizmatlar sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda hududiy agroxizmatlar markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda ko’rib chiqib, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida innovatsion “100 ta tashabbus”,takroriy ekin maydonlaridan samarali foydalanish,biochar bioo‘g‘itini tuproqqa qo‘llashning afzalliklari,demo va tajriba maydonlarini tashkil

Прокрутить вверх