Yangiliklar

Islohotlar tayanch nuqtasi – tajriba maydonlari va ilmiy yondashuv

Farg‘ona viloyatiga bo‘lgan tashrifim davomida Rishton tumanidagi “Paxtakor iqror” fermer xo‘jaligiga qarashli 10 gektarli dala maydonini ko‘zdan kechirdim. Bu yerda paxtaning xorijiy va mahalliy navlari tajriba tariqasida 76×10 sxemada, qo‘shqator qilib, plyonka ostiga ekilgan. Mazkur dala maydonida tatbiq etilayotgan agrotexnik amaliyotlar bilan yaqindan tanishdim. Mas’ullarning ma’lum qilishicha, xorijiy navlar iqlim sharoitimizga moslashtirilgan bo‘lib, yuqori hosil […]

Jizzax AKIS

2025-yil 4-iyun kuni Mirzacho‘l tumani Toshkent SII hududidagi fermer xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlari Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Z. Amanov va Respublika Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a’zosi Q. Jumanizov tomonidan o‘rganisj o’tkazildi. Maydonlarga Glyphoshans 54% gerbitsidi bilan ishlov berilgan bo‘lib, har gektariga 200–220 ming tup ko‘chat olingan. O‘rganish davomida Z. Amanov tomonidan fermerlarga ayrim agrotexnik xatoliklar

Jizzaxda g‘o‘za agrotexnikasiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi

Seminarda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Z.Ro‘ziyev, tuman hokimi Sh.Darvishev, Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazi direktori Z.Amanov hamda Xitoydan taklif etilgan yetakchi agronom-mutasaddilar ishtirok etdilar. Shuningdek, viloyatdagi paxta yetishtiruvchi tumanlardagi fermer xo’jaliklari vakillari ishtirok etdi. Seminarda Xorijiy tajriba asosida amalga oshirilayotgan g‘o‘za parvarishining intensiv texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mineral oziqlantirish, suv bilan ta’minlash va boshqa

Qashqadaryoda Respublika ko‘rgazmali seminari boshlandi!

Qarshi tumanida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti dala maydonida o‘tayotgan ushbu seminarda ilm va amaliyot birlashmoqda. Institut olimlari ishtirokchilarga yangi navlar, urug‘lik g‘alla maydonlaridagi aprobatsiya jarayonlari va g‘o‘za maydonlaridagi ilg‘or agrotexnik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berishmoqda. Amaliy ko‘rgazmalar orqali yer unumdorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni ko‘paytirishning zamonaviy usullari namoyish etilmoqda. Bu seminar qishloq xo‘jaligi

Sifatli hosil – to‘g‘ri yondashuvdan boshlanadi!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolari va Toshkent viloyati Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh Bekobod tumanidagi fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, paxta maydonlarida xo‘rak maydonlarining holatini o‘rgandi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ayrim xo‘jaliklarda hali xo‘rak maydonlari tashkil etilmagan. Mutaxassislar bu bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi va mavjud holatni imkon qadar tez bartaraf etish lozimligini

O‘rtachirchiqda chigit ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida paxta yetishtirish mavsumiga tayyorgarlik doirasida chigit ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi vakillari, Paxtachilik kengashi ishchi guruhi a’zolari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Seminar davomida paxta chigitini sifatli ekish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, texnika va uskunalardan samarali foydalanish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Suvning har bir tomchisi bebaho!

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va hosildorlikni oshirish ehtiyoji bizdan zamonaviy, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishni talab qilmoqda. Ana shunday ilg‘or yondashuv asosida Qarshi tumanida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Qarshi tumanidagi “OMAD START” korxonasi rahbari Elyor Baxtiyorovich hamda Qarshi tumani Agroxizmatlar markazi bosh mutaxassisi

Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi

Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi tomonidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, hamda Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi ilg‘or fermer xo‘jaliklari vakillari uchun innovatsion va yuqori samarali intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda qatnashgan fermerlar va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari xorijiy g‘o‘za navlari ekilgan

Paxtachilik kengashi kotibi Sh.Otajonov boshligidagi mutaxassislar Toshkent viloyatida o‘rganish ishlarini olib borishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik Kengashi kotibi Sh.Otajonov boshchiligidagi ishchi guruhi a’zolari tomonidan Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Quyi Chirchiq tumanlarida o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — genetik jihatdan o‘zgartirilgan xorijiy hamda an’anaviy mahalliy g‘o‘za navlarini intensiv usulda yetishtirish agrotexnologiyasi bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida ilg‘or fermer xo‘jaliklari hududlari va tajriba

Прокрутить вверх