Yangiliklar

Chang Hyojae bilan Respublika agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov o’rtasida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi, Texnologiyalarni rivojlantirish instituti, CAMTIC ilg‘or mexatronika texnologiya instituti hamda “Agro Solution Korea” kompaniyalari hamkorligida “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va keyingi bosqich rejalarini belgilash maqsadida loyiha rahbari Chang Hyojae bilan Respublika agroxizmatlar […]

Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazida Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov rahbarligida viloyat va tuman mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda 2025-yilning 3-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusi davrda bajarilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. A.Tulanov tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6159-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan

Elita urug’chiligini faoliyatini o’rganish bo’yicha

Qishloq xo’jaligi vaziri tamonidan «Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi» tizimidagi Elita urug’chiligini faoliyatini o’rganish bo’yicha guruh tuzilgan edi.Respublika agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog’iston Respublikasida bo’lib u yerda faoliyat yuritilayotgan«Xalqobod Best Seeds» EUX MChJ,«Chimboy» EUX MChJ«Turtko‘l» EUX MChJ«Xo‘jayli» EUX MChJ kabiElita urug’chiliklarini faoliyatini o’rgandi. O’rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha

Ilm va amaliyot uyg‘unlashgan maydon – agrar taraqqiyot manbai

Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Boyovut tumanidagi Agroxizmatlar ko‘rsatish markazi (AKIS) Sirdaryo filiali faoliyati bilan tanishdi. Markaz atrofidagi ko‘rgazmali maydonlarda bug‘doy, arpa, sabzavot ekinlari, yuqori hosildor mevali daraxt ko‘chatlari hamda makkajo‘xori, soya va istiqbolli gibrid navlar parvarish qilinmoqda. Shuningdek, 26 gektarda Xitoyning “Shinjon” tajribasi asosida xorijiy g‘o‘za navlari va mahalliy intensiv

“Turkiston” — hosil barqarorligi va sifatni birlashtirgan nav

O‘zbek olimlari tomonidan yaratilgan “Turkiston” bugʻdoy navi o‘rta pishar bo‘lib, yuqori sifat va chidamlilik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.Yuqori agrotexnika sharoitida 1 gektardan 75–80 sentner hosil olish mumkin! Sifatli va serhosil bugʻdoy yetishtirmoqchimisiz? Unda “Turkiston” — siz uchun to‘g‘ri tanlov! Bogʻlanish uchun: +998 75 228 00 17

“Shukrona” — hosildorlik va sifatni qadrlaydiganlar tanlovi!

Oʻzbek olimlari tomonidan yaratilgan yumshoq bugʻdoyning “Shukrona” navi yuqori hosildorligi, kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Tajriba maydonlarida olingan natijalar “Shukrona” bugʻdoyining bozordagi raqobatbardoshligini isbotlab berdi! Siz ham ishonchli hosil va sifatli bugʻdoy yetishtirmoqchimisiz? Unda “Shukrona” navini tanlang! 📞 Bogʻlanish uchun: +99 8 75 228 00 17

Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazida Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov rahbarligida viloyat va tuman agroxizmat mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi

Joriy yilning 30-iyul kuni Jizzax viloyati Agroxizmatlar markazida Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov rahbarligida viloyat va tuman agroxizmat mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda 2025-yil 1-choragi va yarim yilligi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusi chorakda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab

Lalmikor dehqonchilikdagi tajribalar o‘rganildi

Bugun Respublika Agroxizmatlar markazi direktori A.Tulanov Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, tajriba maydonlaridagi kuzatuvlar hamda ekologik toza mahsulotlar yetishtirish yo‘nalishidagi ishlanmalar bilan tanishildi. Tashrif chog‘ida lalmikor sharoitda hosildorlikni oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Ilmiy-amaliy hamkorlikning yanada mustahkamlanishi bu yo‘nalishda

Ozarbayjon tajribasi: eksportga yo‘naltirilgan agrotexnologiyalar

Ozarbayjon tajribasi: eksportga yo‘naltirilgan agrotexnologiyalar       Samarqand viloyati Urgut tumani Agroхizmatlar markazi bosh mutaxassisi J.Eshonqulov joriy yilning iyul oyida 4 kun davomida Ozarbayjonda malaka oshirdi. U Xachmaz tumanida joylashgan zamonaviy Food City agrokompleksi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.       Mazkur agrokompleks Ozarbayjon Respublikasida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 85 foizini eksportga tayyorlovchi yirik

Baxmalda zamonaviy bog‘dorchilikka bag‘ishlangan oʻquv-amaliy seminar bo’lib o’tdi

Joriy yilning 9-iyul kuni Jizzax viloyati Baxmal tumani, Mo‘g‘ol mahalla fuqarolar yig‘inida “Intensiv olma va nok bog‘dorchiligi” mavzusida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir Agroxizmatlar markazi, “Agrobank” ATB huzuridagi Fermerlar maktabi hamda “Baxmal AgroStar” MChJ hamkorligida tashkil etildi. Seminar davomida Fermerlar maktabi agronom-mutaxassisi Mansur Yo‘ldoshev tomonidan ma’ruza qilindi. Seminarda Agroxizmatlar markazi bosh mutaxassisi I. Xamroyev, nihol

Прокрутить вверх