Yangiliklar

Seminar Farg’ona viloyati, Rishton tumanidagi «Paxtakor Iqror» fermer xo‘jaligida tashkil etildi

Xabar berib borayotganimizdek (https://t.me/Respublika_AKIS/4401) hududlar kesimida 2026-yil g’alla hosili va uni parvarishlash borasida qator amaliy seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi seminar Farg’ona viloyati, Rishton tumanidagi «Paxtakor Iqror» fermer xo‘jaligida tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyat Agroxizmatlar markazi, viloyat hokimligi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi vakillari ishtirok etishdi. Seminarda ishtirokchilarga 2026-yil hosili uchun g‘alla maydonlariga biostimulyatorlar […]

Zamonaviy texnologiyalari qishloq xo‘jaligi rivojida muhim ahamiyatga ega

Bugun «O’zdavyerloyiha» davlat ilmiy loyihalash institutida Agroxizmatlar markazi hamda uning hududiy bo’limlari xodimlari uchun mahorat darslari tashkil etildi. Ushbu dars davomida institut bosh direktori Ruhiddin Turayev hozirgi kunda institut tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini hisoblash, yaylov maydonlarining geobotanik yer tuzish loyihalari, uchuvchisiz uchush qurilmalari (dronlar)dan foydalanish, qishloq xo‘jaligi yer munosabatlarini tartibga

Seminarda “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga nisbatan chidamli va kompleks boshqarish» loyihasi doirasida Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillar

Hududlardagi faoliyat yuritayotgan Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan bir qator amaliy seminarlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi seminar Navoiy viloyati Karmana tumani Hazora hududidagi “Ibrohim Maxsum” fermer xo‘jaligida boʻlib oʻtdi. Seminarda “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga nisbatan chidamli va kompleks boshqarish» loyihasi doirasida Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha

G’ALLACHILIKDAGI DOLZARB VAZIFALAR

G’ALLACHILIKDAGI DOLZARB VAZIFALAR Xabar berib borayotganimizdek respublika miqiyosida g’alla parvarishi va 2026-yil uchun mo’ljallangan boshoqli don ekinlarini ta’minlash borasida tashkil etilgan respublika ishchi guruhi vakillari hududlar bo’ylab seminarlar o’tkazib kelishmoqda. Respublika ishchi guruhi vakillarining navbatdagi manzili Namangan viloyati bo’ldi. Tashkil qilingan tadbirda Uychi, Uchqo’rg’on, Norin, Chortoq, Yangiqo’rg’on tumanlaridan soha mutaxassislari, tegishli tashkilotlar hamda fermer xo’jaliklari

G‘alla parvarishida dolzarb vaziyat: amaliy seminarlar boshlandi

Kuz mavsumining noodatiy quruq va iliq kelishi boshoqli don ekinlari rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Sentabr–noyabr oylarida yog‘ingarchilikning kamligi sabab ayrim maydonlarda g‘alla umuman unib chiqmadi, boshqalarda esa o‘simliklar 1–2 yoki 3–4 barg fazasida to‘xtab qoldi. Natijada tuplanish sekinlashdi, ildiz rivoji sustlashdi, qishki sovuqqa chidamlilik pasaydi. Quruqlik oqibatida tuproqning qattiqlashuvi, o‘g‘itlarning yomon o‘zlashishi va maysalarning noraso

Agroekotizim sari yangi qadam: “Biochar”ning afzalliklari fermerlarga tushuntirildi

Agroekotizim sari yangi qadam: “Biochar”ning afzalliklari fermerlarga tushuntirildi Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida ekologik toza o‘g‘itlash texnologiyasi — “Biochar”ni tayyorlash va undan foydalanish orqali hosildorlikni oshirishga bag‘ishlangan nazariy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligining departament va boshqarma rahbarlari, Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari

TAYINLOV

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktorining tegishli buyrug’i bilan Isaqulov Sunnatillo To’laganovich Respublika Agroxizmatlar markazi direktori o’rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar Sunnatillo To’laganovich Respublika Agroxizmatlar markazida bo’lim boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sirdaryo viloyatida agroxizmatlar markazlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyatida agroxizmatlar markazlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Yigʻilishni Respublika Agroxizmatlar markazi rahbari Akmal Toʻlanov olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilar ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmali namoyish maydonchalari bilan tanishtirildi. Ushbu tajribani boshqa hududlarda ham tatbiq etishga kelishib olindi. Yig‘ilishda hududlardagi agroxizmatlar markazlari faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari belgilab

Toshkentda EPIS va AKIS oʻrtasida Smart Farm loyihasi boʻyicha yakunlovchi uchrashuv boʻlib oʻtdi

Toshkentda EPIS va AKIS oʻrtasida Smart Farm loyihasi boʻyicha yakunlovchi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bugun Koreya Respublikasining EPIS agentligi — Oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohalarida taʼlim, ilgari surush hamda axborot xizmati agentligi — va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi oʻrtasida “Smart Farm” loyihasining yakunlovchi texnikaviy koʻrik va muhokamasi oʻtkazildi. Uchrashuvda

Ish jarayonida korrupsiya holatlariga duch kelsangiz tegishli joylarga xabar bering

Respublika agroxizmatlar markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida markazning yuristkonsulti A. Xasanboyev “Korrupsiya va uning oqibatlari” mavzusida ma’ruza qildi. Unda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat xizmatchilarining halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilishi zarurligi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari, davlat xizmatchilari uchun belgilangan etik me’yorlar

Прокрутить вверх