Respublika agroxizmatlar markazida — yil sarhisobi

Bugun Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal Tulanov rahbarligida 2025-yil sarhisobi va 2026-yilgi ustuvor vazifalar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hududiy agroxizmatlar markazlari rahbarlari hamda markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.

 Yig‘ilishda hududiy Agroxizmatlar markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklar ko'rsatib o'tildi. 

 Kun tartibidagi navbatdagi mavzu yangi mavsumga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish, ishlarni rejali tashkil etish masalalari bo'ldi.

Asosiy mavzulardan biri — Ilmiy tadqiqot institutlarining yangi ishlanmalarini tijoratlashtirish hamda targ’ibot qilish, investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda natijaga asoslangan faoliyatni tashkil etish masalalari bo‘ldi.

 Shu munosabat bilan yig‘ilishda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ustuvor vazifalar hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

  Xususan, agromaslahat xizmatlarini tashkil etishda yangicha tizim yo'lga qo'yilishi bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Mazkur tizim orqali qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarning yer resurslaridan yanada samarali foydalanish hisobiga hosildorlikni oshirish imkoni yaratiladi.

Yig’ilish yakunida, 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, bu bo’yicha tegishli mas’ullarga vazifalar yuklandi.

Прокрутить вверх