Zamonaviy texnologiyalari qishloq xo‘jaligi rivojida muhim ahamiyatga ega

Bugun «O’zdavyerloyiha» davlat ilmiy loyihalash institutida Agroxizmatlar markazi hamda uning hududiy bo’limlari xodimlari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Ushbu dars davomida institut bosh direktori Ruhiddin Turayev hozirgi kunda institut tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini hisoblash, yaylov maydonlarining geobotanik yer tuzish loyihalari, uchuvchisiz uchush qurilmalari (dronlar)dan foydalanish, qishloq xo‘jaligi yer munosabatlarini tartibga solish va ulardan oqilona foydalanish vakolatlari bo’yicha ma’ruza qildi.

Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni sohaga tadbiq qilinishi bo’yicha ham taqdimot tashkil qilinib, tinglovchilar savollariga javoblar berildi.

Mahorat darsi yakunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i To‘xtamurod Atakulov ushbu tashabbusning ahamiyatini ta’kidlab, bunday darslar mutaxassislarning zamon bilan hamnafas bo‘lishi, yangi yondashuvlarni amaliyotga joriy etishi uchun muhim platforma ekanini qayd etdi.

Прокрутить вверх