Yangiliklar

G‘o‘za orasida yangi tajriba: bir maydondan ikki hosil!

Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuv sinovdan o‘tkazilmoqda. Interkrop (qo‘shma ekin yetishtirish) usuli asosida g‘o‘za qator oralig‘iga sabzi ekilib, yer maydonidan yanada samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tajriba o’tkazildi. Mazkur sinovning asosiy maqsadi — mavjud yer resurslaridan maksimal darajada foydalanish, qo‘shimcha hosil olish hamda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat. G‘o‘za vegetatsiyasi davomida qator oralig‘ida sabzi […]

Tojikiston delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiyalar va kadrlar malakasini oshirish markazi” delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal To‘lanov mehmonlar bilan qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish, raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda o‘zaro tajriba almashish

biochar (bioko‘mir) qo‘llangan holda ekilib, muvaffaqiyatli unib chiqdi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi demo maydonchalarda Respublika agroxizmatlar markazi tomonidan taqdim etilgan urug‘lar (kabutar no‘xat, Afrika tariqi, Italiya mastagi, jo‘xori, xashaki lavlagi, o‘tkirbarg loviya, bamiya, Xitoy vignasi hamda qizil sebarga urug‘lari) biochar(bioko‘mir) qo‘llangan holda ekilib, muvaffaqiyatli unib chiqdi. Ekinlar tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanmoqda va rivojlanish jarayoni davom etmoqda.

Tuproqning sho‘rlanish darajasiga ko‘ra, mevali daraxtlarni tanlash bo‘yicha tavsiya

O‘zbekiston sharoitida mevali daraxtzorlar tashkil qilishda tuproqning sho‘rlanganlik darajasini bilish juda ham zarur hisoblanadi. Chunki yurtimizdagi juda ko‘p yerlar turli darajada sho‘rlangan. Laboratoriya sharoitisiz tuproq sho‘rlanishini portativ EC metrda o‘lchash. Bu eng sodda va oson usul bo‘lib, bunda tuproqdagi umumiy tuzlarning miqdorini va sho‘rlanish darajasini aniqlash mumkin.EC natijalariga ko‘ra: -0-2 dS/m — sho‘rlanmagan-2-4 dS/m —

Bodring yetishtirishga oid agrotexnik tadbirlar

Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: O‘zbekiston-740, Zilol, Parad, Konkurent, Navro‘z, Omad, Talaba va Gollandiya. F1 duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina. Urug‘ tanlash: Ekiladigan bodring urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor, zararlanmagan bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldidan iliq suvda 1-2 soat

Izboskan tumanida g‘o‘zalar ilk gullarini ochdi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Andgold” tekstil klasteri paxta maydonlarida g‘o‘zalarning ilk gullashi kuzatilmoqda. Bu agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilgani hamda ilmiy yondashuvning samarali natijasidir.

Suyakdan bioo‘g‘it tayyorlash

Samarqand viloyati Agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan suyakdan bioo‘g‘it tayyorlash bo’yicha video-qo’llanma tayyorlandi.

To‘rtko‘l tumani “Xurshida Ziyoda” fermer xo‘jaligida tajriba tariqasida oq, qizil va ko‘k rangli plyonkalar ostiga ekilgan chigit maydonlaridagi g‘o‘zaning rivojlanish holati o‘rganildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani “Xurshida Ziyoda” fermer xo‘jaligida tajriba tariqasida oq, qizil va ko‘k rangli plyonkalar ostiga ekilgan chigit maydonlaridagi g‘o‘zaning rivojlanish holati o‘rganildi. Shuningdek, mazkur maydonda“Yuma Green” kompaniyasining “Biovak Y24” preparati qo‘llanilgan g‘o‘za maydonlarining holati ham ko‘zdan kechirilib, preparatning g‘o‘za rivojiga ta’siri tahlil qilindi.

Прокрутить вверх