O‘zbekiston–Janubiy Koreya: innovatsion texnikalar — agrosoha taraqqiyotining yangi omili
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Janubiy Koreyaning Jeonbuk Technopark tashkiloti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida mamlakatimizga grant asosida 50 ta metan traktorini olib kelish hamda ulardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida mazkur texnikalarning 35 tasini Respublika agroxizmatlar markazi (AKIS)ga, qolgan 15 tasini esa […]









